Mustahkamlash uchun savollar




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish 
yо‘llarini о‘rganing? 
2. Milliy istiqlol mafkurasining nimalarga asoslanishini aniqlang? 
3. Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalash yо‘llarini belgilang? 
4. Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek g‘oyalarida milliy g‘ururni 
shakllantirish? 
5. Farobiy, Bobur asarlarida milliy istiqlol g‘oyasini talqin etilishi? 
 
 

ZA MASHG‘Ma’LIM TEXNOLOGIYASI 


189 
26-§ О‘QUVCHI-YOSHLAR ONGI VA QALBIGA MILLIY ISTIQLOL 
G‘OYASINI SINGDIRISH YО‘LLARI 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish muammosi 
ta’lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi. 
“Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, о‘sib-unib kelayotgan yosh 
avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga 
ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta 
bog‘bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yо‘l bilan amalga oshirish lozim
1
” 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish ta’lim 
muassasalaridagi faqat ijtimoiy-gumanitar yо‘nalishdagi fanlarning vazifasi bо‘lib 
qolmasdan, balki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi о‘quv rejasidan о‘rin olgan 
barcha о‘quv fanlarining vazifasi sanaladi. Bu boradagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
keng kо‘lamda olib borilib, ta’lim-tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy 
о‘rinni egallashi lozim. 
Xususan, 
biologiyani 
о‘kitishda о‘quvchilarda Vatan tuyg‘usini 
shakllantirish - Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muxabbat uyg‘otish va 
boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi о‘simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va 
tо‘g‘ri munosabatni tarkib toptirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad 
qilib qо‘yadi.
“Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a’zolarini, 
avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning 
qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, о‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini 
uyg‘otish, о‘zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalashdan iboratdir
1
”. 
Shunga kо‘ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, о‘zida yuksak 
ahloqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, 
ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli tanlab, puxta о‘zlashtirgan, jamiyatimizdagi 


190 
ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlarga, turmushga moslashgan, sog‘lom turmush tarzi va 
mehnat kо‘nikmalari shakllangan, jamiyat, davlat va oila oldidagi о‘z burchini his 
etadigan, ijodiy, erkin va mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxslarni tarbiyalash 
dolzarb masala sanaladi.
О‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan 
tayyorlangan “Milliy istiqlol g‘oyasi: Asosiy tushunchalar va tamoyillar” risolasida 
qayd etilishicha, milliy istiqlol mafkurasi О‘zbekiston Respublikasining 
Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga 
asoslanadi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana 
va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning о‘lmas merosidan oziqlanadi. 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, 
demokratiya tamoyillari, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak 
ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning о‘lmas merosi 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu sababli barcha ta’lim muassasaalari tayanch о‘kuv rejalariga о‘kuvchi-
yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini huqukiy 
demokratik jamiyat qurish tamoyillariga moslash maqsadida О‘zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasini о‘rganish о‘kuv kurslari kiritilgan. Ta’lim-tarbiya 
jarayoni 
va 
pedagogik 
munosabat-larni 
insonparvarlashtirish 
va 
demokratizatsiyalash prinitsipi haqida avvalgi mavzularda gap yuritilgan edi. 
Biologiyani о‘qitish jarayonida о‘quvchilarni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bu borada о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga 
bog‘liq holda halqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy 
boyliklari, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning о‘lmas merosidan 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu о‘rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi? degan 
savol tug‘ilishi tabiiy. 
Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning о‘z tarixiy 
taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy 


191 
boyliklari, urf odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning о‘zligini 
belgilaydigan о‘ziga xos tamoyillari yig‘indisidan iboratdir. Bu о‘ziga xoslik 
moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bо‘ladi. 
Bundan tashqari xalqamaliy san’ati, xalq о‘yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, 
marosimlari ham milliy qadriyatlarga kiradi. 
Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash 
uchun dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, hamda ekskursiyalarda 
mavzuga bog‘liq holda mamlakatimizning yer osti va yer usti boyliklari, ulardan 
oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, 
ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, biologiya fanining rivojiga hissa qо‘shgan 
allomalarning ma’naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga oid hadislar, 
hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat rivoji davomida insonlar tomonidan 
yaratilgan va bebaho mulki sanalgan, moddiy va ma’naviy boyliklar, madaniy, 
ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik va h.q. qarashlar 
yig‘indisi sanaladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zaminida shakllanadi, ya’ni biror 
bir millatga mansub milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar davomida sayqal topib, 
takomillashib, boshqa millat va elatlar tomonidan e’tirof etilib, tan olinadi. Shu 
tariqa milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga kо‘tariladi. Masalan, 
О‘rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasi о‘zbek xalqi uchun milliy qadriyat sanalsa, 
jahon xalqlari uchun umuminsoniy qadriyat sanaladi. 
Biologiyani о‘kitishda о‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalashda e’tiborni quyidagilarga qaratish: 
Insoniyatning paydo bо‘lishi va rivojlanish tarixini о‘rganish. 
buyuk allomalarning insoniyat tarixi va sivilizatsiyasida tutgan о‘rnini 
yoritish; 
umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlarning yaratilish tarixini 
о‘rganish; 
umumxalq bayramlarining tarixini о‘rganish, о‘tkazilishida milliy ruh kiritish; 


192 
biologiya fanining rivojiga hissa qо‘shgan buyuk olimlar hayotining ibratli 
tomonlarini kо‘rsatish zarur;
Jumladan, “Evolyusion ta’limot” bobini о‘rganishda о‘quvchilar ongi va 
qalbiga milliy istiklol g‘oyasini singdirish jarayonida milliy qadriyatlarimiz 
bо‘lgan “Avesto” kitobining yaratilish tarixi, undagi tabiiyotshunoslikka va 
tabiatga nisbatan ongli munosabatda bо‘lishga oid fikrlar, Axmad ibn Jayxoniy, 
Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, 
Zaxiriddin Boburlarning asarlarida evolyusion g‘oyalarning yoritilishi va ularning 
jahon sivilizatsiyasiga qо‘shgan hissalarini qayd etish orqali milliy g‘ururni 
shakllantirish, Empedokl, Aristotel, Teofrast, Lukretsiy, Kar, Galen, K.Linney, 
J.Kyuve, J.B.Lamark, CH.Darvinlarning evolyusion nazariyaning yaratilishi va 
rivojlantirishga qо‘shgan hissalarini bayon etib umuminsoniy qadriyatlarga hurmat 
tuyg‘usini tarkib toptirish masalasi о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i 
lozim. 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiklol g‘oyasini singdirish 
samaradorligini oshirish uchun о‘kituvchi milliy mafkuraning bosh va asosiy 
g‘oyalarini chuqur anglashi, olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil 
etishda mazkur g‘oyalarga asoslanishi, о‘quvchi-yoshlarni shu yuksak maqsadlarni 
amalga oshirishga safarbar etishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, о‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini 
sindirishda biologiya darslari, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, mavzu mazmuniga bog‘liq holda ularni 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona 
Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor berish lozim. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish