Mustahkamlash uchun savollar




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha? 
2.Maktab darsligiga о‘yilgan asosiy talablar? 
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzqilishi? 
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzqilishi? 
5.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzqilishi? 


193 
27-§ UMUMIY O’RTA TA’LIMI MUASSASALARIDA BIOLOGIYANI 
О‘QITISHNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bо‘lgan о‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida о‘qitish yagona о‘quv 
dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki yо‘nalishda amalga oshiriladi. 
Akademik litsey о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal о‘stirish, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa 
ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani о‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga 
keng о‘rin berish, о‘quvchilarning chuqur о‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo 
bog‘lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, 
ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qо‘yish va kuzatish kо‘nikmalarini 
rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish, 
ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va 
natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qо‘shgan hissalari bilan 
tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. 
Kasb-hunar kollejlarining о‘quvchilari tanlagan kasblari bо‘yicha ixtisoslik 
olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani о‘qitishda kо‘proq amaliy masalalarga, 
ayniqsa qishloq xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil 
sanoat, hamda xalq xо‘jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan о‘rniga 
ahamiyat qaratiladi. О‘quv yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer, 
о‘rmonchilik xо‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, 
tabiatni muhofaza qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish 
lozim.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim mazmuni 
davlat ta’lim standartlari bilan meyorlangan, shu asosda о‘quv dasturi tayyorlangan 
va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan. 
Biologiya 
darsligida 
о‘kuvchilarning 
о‘quv-bilish 
faoliyatini 
faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, о‘zlashtirgan bilimlarini 
nazorat qilishi va о‘z-о‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini 


194 
bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli о‘zlashtirish kо‘nikmalarini 
egallashlariga zamin tayyorlangan. 
О‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va о‘quvchilarning 
bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy 
qismlari va ularni о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bо‘lgan bilimlar о‘quvchilar tomonidan 
о‘kuv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr 
yuritish, о‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va 
yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash bosqichlari yordamida о‘zlashtiriladi. 
О‘quvchilarda faoliyat turlari - kо‘nikma va malakalarni shakllantirish 
kо‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish,
kо‘rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, kо‘nikmalarni tanish, 
odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qо‘llash kabi bosqichlarni о‘z 
ichiga oladi. 
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bо‘lgan ijodiy faoliyat 
tajribalari о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni 
о‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. О‘quvchilarda 
ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular о‘kuv materialini mustaqil 
ravishda о‘zlashtirishlari, о‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni 
idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, о‘rganilayotgan obektlarni 
tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, о‘xshashlik va umumiy tomonlarini 
aniqlashlari, fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, 
kо‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llashni о‘rganishlari 
lozim. 
Ta’lim mazmunining tо‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi 
о‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, о‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa 
nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. О‘quvchilar mazkur 
tarkibiy qismni о‘zlashtirishlari uchun avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va 


195 
malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qо‘llashlari, bir sо‘z bilan aytganda 
faol о‘quv-bilish faoliyati talab etiladi. 
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta’lim standartlarining asosini 
tashkil etadi. 
Davlat ta’lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan 
iboratligini kо‘rsatdi: 
Asosiy qism – ta’lim-tarbiya jarayonidan kо‘zlangan maqsad va vazifalarni 
amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, kо‘nikma va malakalarning 
o’quv qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat 
turlari – kо‘nikma va malakalardan iborat bо‘ladi. 
Kengaytiruvchi tarkibiy qism – о‘kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil 
hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux 
qiziqishlarini rivojlantirishga yо‘nalti-rilgan ta’lim mazmuning bir qismi. Bu qism 
ta’lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini о‘z ichiga 
oladi. 
Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini 
ta’minlovchi ta’lim mazmuninining ma’lum bir bо‘limi. О‘quvchilarning 
qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil 
etiladigan mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Qо‘shimcha tarkibiy qism - о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari 
yо‘nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan 
ta’lim mazmunining bir qismi. 
DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari о‘zgarmas bо‘lib, о‘quv 
fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, yordamchi va 
qо‘shimcha 
tarkibiy 
qismlari 
о‘kuvchilarning 
kelgusida 
egallaydigan 
mutaxassisliklariga bog‘liq holda о‘kuv fanining о‘zgarib turadigan qismi sanaladi. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish