Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi 
Biologiya fanining turli sohalari bо‘yicha о‘quvchilarning 
bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, biologiyani о‘rganishga 
bо‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimining keyingi 
turlarida о‘qishni davom ettirish uchun tanlashga yordam berish; 


199 
О‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatning moddiy 
birligini uning yaxlitligini ilmiy tasavvur qilish, tabiatda sodir 
bо‘layotgan voqea va hodisalarning tabiiy-ilmiy sabablarini bilish, 
sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushunishga imkon yaratish; 
О‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqishning ilmiy 
asoslariga e’tiborni qaratish, о‘quvchilarni mavsumiy dala ishlariga, 
maktab tajriba yer maydonchalarida, bog‘ va poliz ekinlari 
maydonlaridagi ishlarga jalb etish orqali ularning kasb tanlashiga, 
jumladan, qishloq xо‘jalik, meditsina, veterinariya kabi ixtisosliklar 
bilan tanishishiga sharoit yaratish; 
О‘quvchilarning ekologik madaniyatini takomillashtirish, tabiatga 
nisbatan ongli va omilkorona munosabatini tarkib toptirish; 
О‘quvchilarning о‘z organizmi, sog‘ligini asrash, profilaktika 
chora-tadbirlari, vrach kelguncha birinchi yordam kо‘rsatish, sanoat 
korxonalari va qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishidagi xavfsizlik chora-
tadbirlari, ishni ilmiy asosda tashkil etish haqidagi bilimlarini 
kengaytirish; 
О‘quvchilarning gigiyenik ta’lim-tarbiyasini amalga oshirish, 
gipodinamiya (kam harakat qilish), chekish, alkogol, notо‘g‘ri 
ovqatlanish, kun tartibiga amal qilmaslikning zararini tushuntirishga 
yordam berish; 
О‘quvchilarda sharqona odob-axloq, insoniy fazilatlarni shakllanti-
rish, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Ona Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalash sanaladi. 
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida biologiyadan quyidagi 
fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi. 
20-jadval 
№ Fakultativ mashg‘ulotlar 
Soatlar 
Sinflar 
1 О‘simliklar hayoti 
34 
VI sinf 
2 Hayvonlar hayoti 
34 
VII sinf 
3 Odam fiziologiyasi 
68 
VIII sinf 
4 Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish 
34 
VIII sinf 
5 Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi 
34 
VIII sinf 
6 Qishloq xо‘jaligi hayvonlari fiziologiyasi va zootexnika asoslari 
34 
IX sinf 
7 Umumiy biologiya 
68 
IX sinf 
8 Genetika va seleksiya asoslari 
68 
IX sinf 


200 
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyadan 
quyidagi fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi. 
21-jadval 
№ 
Fakultativ mashg‘ulotlar 
Soatlar 
Bosqichlar 

Organik olam evolyutsiyasi 
68 
I-kurs 

Genetika va seleksiya asoslari 
68 
I-kurs 

Molekulyar biologiya 
68 
I-kurs 

Biotexnologiya asoslari 
68 
I-kurs 
Fakultativ mashg‘ulotlarning xilma-xilligi о‘quvchilarning qiziqish 
va ehtiyojlarini tо‘laroq qondirish, biologiya fanining eng istiqbolli 
yо‘nalishlari, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish, 
biologiyaga doir bilimlarni amaliyotga qо‘llash va mahalliy sharoitning 
kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qoplash imkonini beradi. 
Quyida VI-sinflar uchun mо‘ljallangan “О‘simliklar hayoti” 
fakultativ mashg‘ulotining mazmuni beriladi. 
“О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘uloti kursini о‘rganish 
о‘quvchilarni о‘simliklarning hayotiy jarayonlari, yovvoyi va madaniy 
vakillarining xilma-xilligi, inson hayoti va tabiatdagi ahamiyati bilan 
tanishtirish, tabiiy biogeotsenozlardagi о‘zaro aloqalar haqidagi bilimlarni 
chuqurlashtirishga imkon beradi. 
О‘simliklarning tarixiy rivojlanishi, о‘simlik organizmining 
hujayraviy tuzilishi va hayotiy jarayonlarning moddiy asoslari haqidagi 
bilimlar о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun asos 
bо‘lib xizmat qiladi. 
О‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, inson 
faoliyatining о‘simliklarning alohida turlariga va tabiiy guruhlarning 
yashash muhitiga ta’sirini о‘rganish о‘quvchilarni tabiatga mas’uliyat bilan 
munosabatda bо‘lish, ularga ekologik, iqtisodiy, estetik, axloqiy tarbiya 
berish imkonini yaratadi. 
О‘simliklarni ekish, parvarish qilish va kо‘paytirishning ilmiy 
asoslari haqidagi bilimlarni kengaytirish о‘quvchilarning kasb ta’limiga, 
mehnat va iqtisodiy tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi. 
Kurs davomida olib borilgan mashg‘ulotlar о‘quvchilarning nafaqat 
biologik bilim, kо‘nikma va malakalari, balki kuzatish va tajriba о‘tkazish, 
amaliy va о‘quv mehnati kо‘nikmalarining rivojlantirishga zamin yaratadi. 


201 
Kursning mazmuni о‘qitishning turli shakl va metodlari: ma’ruza, 
laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiya, kuzatish о‘tkazish, tajriba qо‘yish, 
amaliy ishlar, о‘quv tajriba yer maydonida ijtimoiy-foydali mehnatdan о‘z 
о‘rnida samarali foydalanishni talab etadi. 
Shuningdek, 
ushbu 
kursni 
о‘tkazishda 
о‘quvchilarning 
tabiatshunoslik, geografiya va 5-sinfda botanikadan olingan bilimlari asos 
bо‘lib xizmat qilishi, fanlararo va mavzulararo bog‘lanishlarni amalga 
oshirish о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i lozim. 
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf о‘quvchilari uchun 
mо‘ljallangan “О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘ulotini о‘tkazish 34 
soatga mо‘ljallangan bо‘lib, shundan “Kirish” mavzusiga 2 soat, 
“О‘simliklarning tuzilishi va hayot faoliyati” mavzusi о‘simlik hujayrasi 
va tо‘qimalarining tuzilishi va hayot faoliyati, oziqlanish, о‘simliklarning 
nafas olishi, о‘simliklarda moddalarning harakatlanishi, о‘simliklarning 
о‘sishi, rivojlanishi va kо‘payishi kabi masalalarni qamrab olgan bо‘lib, 
ularni о‘rganishga 20 soat, “О‘simliklarning xilma-xilligi. Ularning 
yashash muhitiga moslashganligi” mavzusi о‘simliklar olamining xilma-
xilligi, tabiiy guruhlarda о‘simliklarning hayoti kabi masalalarni 
mujassamlashtirib uni о‘rganishga 12 soat vaqt ajratilgan. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi

Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish