195
19-jadval
Ta’lim sohasi
Biologiyani о‘qitishda e’tiborni qaratish zarur bо‘lgan masalalar
Gumanitar
fanlar va
san’at
Ijtimoiy
fanlar,
biznes va
huquq
Muhandislik
ishlov
berish va
qurilish
tarmoqlari.
Qishloq
xо‘jaligi
Sog‘likni
saqlash
Xizmatlar
О‘quvchilarni aqliy, axloqiy, estetik, mehnat, jinsiy,
ekologik, iqtisodiy,
gigiyenik va jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda, ularning ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi,
tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘usi va ongli munosabatni tarkib
toptirishda tabiatning tutgan о‘rnini
Tabiatni muhofaza qilish bо‘yicha ma’naviy–ma’rifiy ishlarni olib borish,
tabiat barcha san’at turlarini rivojlantiruvchi manba ekanligi.
Shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, ishlab chiqarish va agrosanoatni
rivojlantirish, xom ashyodan olinadigan tovarlar, ularni ishlab chiqarishda
mikrobiologiya
usullaridan foydalanish, gen daktiloskopiyasi va genlar
spektri yordamida shaxsni aniqlash texnologiyasining yaratilganligi.
Ekologik muammolar, suv, havo, tuproq, qishloq xо‘jaligi, odam
ekologiyasi, ularni muhofaza qilish bо‘yicha olib borilayotgan tadbirlar,
tabiiy boyliklar va ulardan unumli foydalanish yо‘llari va chiqindisiz
texnologiyalarni joriy etish muammolari.
Biosferada modda va energiyaning davra bо‘ylab aylanishi, ekologik toza
manbalar energiyasidan
foydalanish, bionika asoslari, tabiiy va sun’iy xom
ashyolardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, Yer usti va osti
tabiiy boyliklari va ulardan unumli foydalanish yо‘llari, chiqindisiz
texnologiyalarni joriy etish muammolari. Sun’iy tanlash asosida о‘simlik
navlari hosildorligi, hayvon zotlari mahsuldorligini oshirish yо‘llari,
mikrobiologiya
va
biotexnologiya
asoslaridan
qishloq
xо‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlashda foydalanish, ikkilamchi suv va ichimlik
suvini tozalashda suv о‘tlaridan foydalanish, biologik bilimlarning
о‘simlikshunoslik,
chorvachilik, asal-arichilik, о‘rmonchilik, mо‘ynachilik
va
baliqchilikni
rivojlantirish,
bog‘,
parklarni
barpo
etish,
kо‘kalamzorlashtirish, о‘simliklarni himoya qilishdagi ahamiyati, qurilish,
yо‘llar barpo etish, qurilish materiallarini tayyorlashda tabiat muvozanatini
asrash.
Biologik qonuniyatlar qishloq xо‘jaligining ilmiy-nazariy asosi ekanligi,
qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash,
о‘simliklarni
himoya qilish, zootexnika va veterinariya, о‘rmonchilikni
rivojlantirishda biologik bilimlarning ahamiyati, tuproq va yer osti suvlari-
dagi pestitsidlarni parchalovchi va zararsizlantiruvchi transgen о‘simlik
yaratish, paxta tolasi sifatini yaxshilashga yо‘naltirilgan biotexnologiya,
hayvonlarni klonlash, gibridomalar olish istiqbollari.
Gen, hujayra injenerligi usullarini qо‘llab qator yuqumli va irsiy
kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasi, irsiylanish
qonuniyatlarini о‘rganish va oldini olish borasida olib borilayotgan
izlanishlar, “asos” hujayralardan “yangi” organlar
yaratish texnologiyasi,
“Sog‘lom avlod uchun” Davlat dasturi, onalik va bolalikni asrash va tibbiy
yordam kо‘rsatishni yaxshilash bо‘yicha davlat qarorlari.
Turizm, sport, serviz, ommaviy bayramlar о‘tkazish, xalq og‘zaki ijodini
rivojlantirishda tabiiyot fanlarining rolini kо‘rsatish lozim.
196
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va an’anaviy ta’lim
tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta’lim-tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish uchun о‘quvchilarning bilish faoliyatini yalpi
о‘qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda о‘qitishni
tashkil etish maqsadga muvofiq.
О‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda
о‘quvchilar о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtiradilar, ularning aqliy
rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji,
iqtidori, bilimlarni о‘zlashtirish darajasi
hisobga olingan holda tuzilgan о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va
о‘z bilish faoliyatining subyektiga aylanadi.
О‘quv
topshiriqlarini
individual
bajarish
jarayonida
о‘quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi, о‘z bilimi, kuchi va
qobiliyatiga bо‘lgan ishonch ortadi va har bir shaxs о‘z imkoniyati
darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyati orqali
vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi.
Biologiyaning о‘qitishda о‘quvchilarning bilish faoliyatini indi-
vidual tarzda tashkil etish asosan dars bilan birgalikda darsdan va
sinfdan tashqari ishlarda ham foydalaniladi. Masalan, о‘quvchilarning
uy vazifasini bajarishida ularga tafovutlab yondashish imkoniyatlari
mavjud. О‘quvchilarga muayyan mavzular bо‘yicha krossvordlar tuzish,
kuzatish va tajribalar о‘tkazish, ma’ruza
va referatlar, turli mavzularda
о‘tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular
jumlasidandir.
О‘quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda
guruhdagi har bir о‘quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni
о‘zlashtirish darajasini aniqlash, о‘quvchilar о‘rtasida hamkorlik, о‘quv
muloqoti, bahsi, munozara, о‘zaro yordamni amalga oshirish kо‘zda
tutiladi.Biologiya darslarida о‘quvchilarning bilish faoliyati yalpi
о‘qitishni individual va kichik guruhlarda
ishlash shakllari bilan
uyg‘unlashtirilganda juda yuqori samara beradi.
Ma’lumki, biologiyani о‘qitish dars, darsdan tashqari ishlar,
sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi.
О‘rta maxsus, kasb ta’limi muassasalarida biologiya о‘quv fanini
о‘qitishning samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim-tarbiya
197
jarayoniga tizimli yondashuv sanaladi, shu sababli о‘quv dasturidan
о‘rin olgan har bir mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
maqsadi hisobga olingan holda biologiyani о‘qitishda quyidagi dars
turlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi
ma’ruza) darslari.
Seminar (bilimlarni
mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil
egallashga mо‘ljallangan) darslari.
Modulli dars.
Muammoli (aqliy hujum) darslar.
Munozarali darslar.
Didaktik
о‘yinli
(syujetli
rolli,
ijodiy,
ishbilarmonlar,
konferensiyalar, о‘yin mashqlar) darslar.