192 II. Gnoseologik tushunchalar ham ikki guruhga ajratiladi: Biologik g‘oya, kashfiyot va nazariyalarning tarixi haqidagi
tushunchalar. Bu tushunchalar turkumiga evolyutsion nazariya,
evolyutsiya dalillari, biogenetik qonun, filembriogenez nazariyasi,
hayotning paydo bо‘lishi va rivojlanishi haqidagi nazariyalar, biosfera
va uning evolyutsiyasi nazariyalari, nuklein kislotalar, transformatsiya,
transduksiya, kо‘chib yuruvchi genetik elementlar, rekombinat DNK,
transgen
о‘simliklar, hayvon gibridomalarining kashf etilishi,
irsiyatning moddiy asosini о‘rganish tarixi, gen injeneriyasi va
biotexnologiyaning
rivojlanishiga
hissa
qо‘shgan
kashfiyotlar,
О‘zbekistonda gen injeneriyasi sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar
kiradi.
Metodologik ya’ni borliqni ilmiy bilish metodlari haqidagi
tushunchalar. Biologiya va ekologiyani о‘rganishda foydalaniladigan
metodlar, о‘simlik va hayvon irsiyatini о‘zgartirishda, DNK ni
bо‘laklarga ajratish, rekombinat DNK, transgen о‘simlik va
gibridomalar olishda qо‘llanilgan metodlar shular jumlasidandir.
Kasbga yо‘naltiruvchi tushunchalarni uch guruhga ajratish mumkin: Texnologik tushunchalar. Bu guruhga hujayrada DNK, RNK
sintezi, oqsillar biosintezi, genetik injeneriya va biotexnologiyada
amalga oshiriladigan jarayonlar, transgen о‘simlik va gibridomalar olish,
irsiy kasalliklarning gen injenerlik tashxisi biotexnologiyasini ishlab
chiqilishi haqidagi tushunchalar misol bо‘ladi.
Iqtisodiy tushunchalar. Mazkur guruhga sun’iy tanlash yordamida
yangi nav, zot, shtammlarni yaratish, genlarni klonlash, transgen
о‘simliklar va gibridomalarning istiqbollari, ulardan xalq xо‘jaligida
foydalanishdan
kо‘riladigan
foyda
asosida
shakllantiriladigan
tushunchalar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilishga oid tushunchalar. Respublikamizda
tabiatni muhofaza qilish bо‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar va
me’yoriy
hujjatlar,
“Qizil kitob”, ekologik muhitning tirik
organizmlarga kо‘rsatgan ta’siri, turli kasalliklar va mutatsiyalarning
kelib chiqish sabablarini tushuntirish orqali о‘quvchilarda tabiatga
193 nisbatan ongli munosabat tarkib toptiriladi va tabiatni muhofaza qilish
tushunchalari shakllantiriladi.
Biologiyani о‘qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida
kо‘nikmalar ham tarkib toptiriladi. Ushbu kо‘nikmalarning eng
asosiylari amaliy va о‘quv mehnati kо‘nikmalari 18-jadvalda
berilmoqda.
18-jadval