Mustahkamlash uchun savollar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Mustahkamlash uchun savollar: 
1. О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini 
singdirish yо‘llarini о‘rganing? 
2. Milliy istiqlol mafkurasining nimalarga asoslanishini aniqlang? 
3. Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash yо‘llarini belgilang? 
4. Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek g‘oyalarida milliy g‘ururni 
shakllantirish? 
5. 
Farobiy, Bobur asarlarida milliy istiqlol g‘oyasini talqin 
etilishi?


184 
26-§. О‘QUVCHI-YOSHLAR ONGI VA QALBIGA MILLIY 
ISTIQLOL G‘OYASINI SINGDIRISH YО‘LLARI 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish 
muammosi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan 
foydalanishni taqozo etadi. 
“Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, о‘sib-unib 
kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil 
qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali 
daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog‘bondek noziklik va mehr
bilan, oqilona yо‘l bilan amalga oshirish lozim” 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish 
ta’lim muassasalaridagi faqat ijtimoiy-gumanitar yо‘nalishdagi 
fanlarning vazifasi bо‘lib qolmasdan, balki о‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi о‘quv rejasidan о‘rin olgan barcha о‘quv fanlarining vazifasi 
sanaladi. Bu boradagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar keng kо‘lamda olib 
borilib, ta’lim-tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy о‘rinni 
egallashi lozim. 
Xususan, biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarda Vatan tuyg‘usini 
shakllantirish - Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg‘otish 
va boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi о‘simliklar va hayvonlarga 
nisbatan ongli va tо‘g‘ri munosabatni tarkib toptirish, ekologik 
madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilib qо‘yadi.
“Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz 
a’zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol 
toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, о‘z Vataniga 
mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, о‘zligini anglash, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir”. 
Shunga kо‘ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, о‘zida 
yuksak axloqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va ona vatanga sadoqat 
ruhida tarbiyalangan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli tanlab, 
puxta о‘zlashtirgan, jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlarga, 
turmushga moslashgan, sog‘lom turmush tarzi va mehnat kо‘nikmalari 


185 
shakllangan, jamiyat, davlat va oila oldidagi о‘z burchini his etadigan, 
ijodiy, erkin va mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxslarni tarbiyalash 
dolzarb masala sanaladi.
О‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi 
tomonidan tayyorlangan “Milliy istiqlol g‘oyasi: Asosiy tushunchalar va 
tamoyillar” risolasida qayd etilishicha, milliy istiqlol mafkurasi 
О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi, xalqimizning asrlar 
davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ 
bobokalonlarimizning о‘lmas merosidan oziqlanadi. 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar, demokratiya tamoyillari, xalqimizning asrlar davomida 
shakllangan 
yuksak 
ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ 
bobokalonlarimizning о‘lmas merosi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu sababli barcha ta’lim muassasalari tayanch о‘quv rejalariga 
о‘quvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ta’lim-tarbiya 
jarayonini huquqiy demokratik jamiyat qurish tamoyillariga moslash 
maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini о‘rganish о‘kuv 
kurslari kiritilgan. Ta’lim-tarbiya jarayoni va pedagogik munosabatlarni 
insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalash printsipi haqida avvalgi 
mavzularda gap yuritilgan edi. 
Biologiyani 
о‘qitish jarayonida о‘quvchilarni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bu borada о‘rganilayotgan 
mavzu mazmuniga bog‘liq holda xalqimizning asrlar davomida 
shakllangan yuksak ma’naviy boyliklari, an’ana va udumlari, ulug‘ 
bobokalonlarimizning о‘lmas merosidan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Shu о‘rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi? 
degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning о‘z 
tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va 
ma’naviy boyliklari, urf odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning 
о‘zligini belgilaydigan о‘ziga xos tamoyillari yig‘indisidan iboratdir. Bu 


186 
о‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida 
namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari xalq amaliy san’ati, xalq о‘yinlari, 
rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari ham milliy qadriyatlarga 
kiradi. 
Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalash uchun dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, 
hamda ekskursiyalarda mavzuga bog‘liq holda mamlakatimizning yer 
osti va yer usti boyliklari, ulardan oqilona foydalanish borasida olib 
borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy rivojlanish 
tamoyillari, biologiya fanining rivojiga hissa qо‘shgan allomalarning 
ma’naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga oid hadislar, hikmatli 
hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya 
etiladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat rivoji davomida insonlar 
tomonidan yaratilgan va bebaho mulki sanalgan, moddiy va ma’naviy 
boyliklar, madaniy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, 
badiiy, ekologik qarashlar yig‘indisi sanaladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zaminida shakllanadi, 
ya’ni biror bir millatga mansub milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar 
davomida sayqal topib, takomillashib, boshqa millat va elatlar 
tomonidan e’tirof etilib, tan olinadi. Shu tariqa milliy qadriyatlar 
umuminsoniy qadriyatlar darajasiga kо‘tariladi. Masalan, О‘rta 
asrlardagi Sharq sivilizatsiyasi о‘zbek xalqi uchun milliy qadriyat 
sanalsa, jahon xalqlari uchun umuminsoniy qadriyat sanaladi. 
Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalashda e’tiborni quyidagilarga qaratish: 
Insoniyatning paydo bо‘lishi va rivojlanish tarixini о‘rganish. 
buyuk allomalarning insoniyat tarixi va sivilizatsiyasida tutgan 
о‘rnini yoritish; 
umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlarning yaratilish tarixini 
о‘rganish; 
umumxalq bayramlarining tarixini о‘rganish, о‘tkazilishida milliy 
ruh kiritish; 


187 
biologiya fanining rivojiga hissa qо‘shgan buyuk olimlar 
hayotining ibratli tomonlarini kо‘rsatish zarur;
Jumladan, “Evolyutsion ta’limot” bobini о‘rganishda о‘quvchilar 
ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish jarayonida milliy 
qadriyatlarimiz bо‘lgan “Avesto” kitobining yaratilish tarixi, undagi 
tabiiyotshunoslikka va tabiatga nisbatan ongli munosabatda bо‘lishga 
oid fikrlar, Ahmad ibn Jayhoniy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Boburlarning 
asarlarida evolyutsion g‘oyalarning yoritilishi va ularning jahon 
sivilizatsiyasiga qо‘shgan hissalarini qayd etish orqali milliy g‘ururni 
shakllantirish, Empedokl, Aristotel, Teofrast, Lukretsiy, Kar, Galen, 
K.Linney, 
J.Kyuve, 
J.B.Lamark, 
CH.Darvinlarning 
evolyutsion 
nazariyaning yaratilishi va rivojlantirishga qо‘shgan hissalarini bayon 
etib umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini tarkib toptirish 
masalasi о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i lozim. 
О‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish 
samaradorligini oshirish uchun о‘qituvchi milliy mafkuraning bosh va 
asosiy g‘oyalarini chuqur anglashi, olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni tashkil etishda mazkur g‘oyalarga asoslanishi, о‘quvchi-
yoshlarni shu yuksak maqsadlarni amalga oshirishga safarbar etishi
kerak. 
Xulosa qilib aytganda, о‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol 
g‘oyasini sindirishda biologiya darslari, ekskursiyalar, darsdan va 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, mavzu 
mazmuniga bog‘liq holda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalashga katta e’tibor berish lozim. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish