179
harakat kо‘nikmalarini tarkib toptirish mumkin. Jismoniy tarbiya
masalasi biologiyani о‘qitish metodikasida inson organizmining
tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda о‘rganish
orqali amalga oshiriladi. “Odam va uning salomatligi” о‘quv kursida
о‘quvchilar u yoki bu jismoniy mashqlarning
bajarilishi organlar
sistemasi ishiga ta’siri, sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati,
organizmni chiniqtirish, gigiyenik kо‘nikmalarni hosil qilishning ilmiy
asoslari bilan tanishadilar.
Shuningdek, Vatanimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish
borasida olib borilayotgan tadbirlar, yoshlarning sport bilan shug‘ulla-
nishi, sog‘lig‘ining mustahkamlanishi uchun
yaratilgan sharoitlar qayd
etiladi.
Jismoniy
tarbiyaning
muhim
yо‘nalishi
– gigiyenik
kо‘nikmalarni kundalik odatlarga aylantirish, hayotda gigiyenik
me’yorlarga amal qilishga ongli munosabat, sog‘lom
turmush tarzi
kо‘nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport bilan shug‘ullanishga
yо‘naltirishdan iborat. Sport bilan shug‘ullangan о‘quvchilarda iroda va
salomatlik mustahkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni
bardosh va chidam bilan yengishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga kelishi
kо‘rsatib о‘tiladi.