Estetik tarbiya. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim
oluvchilarda boy estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng
e’tibor berilgan.
Ma’lumki, estetika – gо‘zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari
tо‘g‘risidagi fandir. Estetik tarbiya gо‘zallik hissi, tuyg‘ular, badiiy
didni rivojlantirishga qaratilgan.
Estetika mehnatda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda о‘z atrofida
gо‘zallik barpo etishga intilishni vujudga keltiradi. Gо‘zallikni kо‘ra
bilish, idrok qilish, barpo etish va chiroyli ish kо‘rish – tarbiya
vazifalaridan biridir.
Tabiatshunoslik darslarida о‘qituvchi о‘simliklarning organlari,
gul va mevalar, о‘simliklar qoplamini о‘rganishda ularning gо‘zalligini
yoritadi. Bunda о‘quvchilarning e’tiborini о‘simliklarning tashqi
gо‘zalligiga qaratib, ulardagi yashirin gо‘zallik hayoti, muhit bilan
uyg‘unlashishi, tabiat va inson hayotida tutgan о‘rnini idrok qilishga
о‘rgatadi.
О‘quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya о‘quv xonasi, tirik
tabiat burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan
tartib, shinamlik va gо‘zallik muhim rol о‘ynaydi.
О‘quv xonasidagi о‘simliklar, kо‘rgazma vositalari estetik
talablarga javob berishi va ma’lum bir mazmunda joylashtirilgan
bо‘lishi kerak.
Estetik tarbiyaning vazifasi: О‘quvchilarni gо‘zallikni kо‘rish va idrok qilishga, chiroylini
xunukdan farq qilishga о‘rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan
bog‘lash;
Tabiatda, mehnat jarayonida, о‘z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy
hayotda gо‘zallikni о‘rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va
turmush madaniyati bilan bog‘lash;
Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani
ma’naviy-axloqiy qarashlar bilan uyg‘unlashtirishga о‘rgatishdan iborat.
178 Tabiatshunoslikni о‘qitishda estetik tarbiya serqirrali bо‘lib, uni
dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga
oshirish imkoniyati mavjud.