182
bо‘lib xizmat qiladi. Bu – g‘oya
bir jamiyatda yashab, yagona maqsad
yо‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar
о‘rtasidagi о‘zaro hurmat, dо‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy
asosidir”, “Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan
millatlarni о‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining
asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga xos bо‘lgan olijanoblik va
insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi”.
Millatlararo totuvlik shaxsda mavjud bо‘lgan
baynalminal
tarbiyaning
natijasida
vujudga
keladi.
Biologiyani
о‘qitishda
о‘quvchilarni baynalminal ruhda tarbiyalash uchun mavzu mazmuniga
bog‘liq holda biologiya fanining rivojiga hissa qо‘shgan jahonning yetuk
olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyati, jahon sivilizatsiyasiga buyuk
hissa qо‘shgan turli millat vakillari bilan tanishtirish orqali ularga ular
tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalash maqsadga muvofiq.
Baynalminal tarbiya о‘qitishning barcha shakllarida, shu jumladan,
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda
amalga oshirish, bunda biologiya
fanining rivojiga hissa qо‘shgan jahonning yetuk olimlari, ularning
hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan
kechalar tashkil etish va
о‘tkazish tavsiya etiladi.
Tabiatshunoslikni о‘qitish samaradorligi ta’lim va tarbiyaning
uzviyligini amalga oshirilishiga bog‘liq. Mazkur masalalar biologiyani
о‘qitish metodikasida alohida о‘rganilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining
barkamol shaxsni shakllantirishda tutgan о‘rnini kо‘rsatish
bilan
izohlanadi, lekin о‘qitish jarayonida bu masalalar bir-biri bilan uzviy,
uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda ta’lim va tarbiyaning uzviyligini
amalga oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish lozim:
О‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish о‘quvchilar tomonidan fan asoslarini chuqur о‘rganishi
bilan uzviy bog‘langan. Ilmiy dunyoqarash - barcha ta’lim-tarbiyaviy
jarayonning asosi.
183
Mehnat tarbiyasi о‘quvchilarni ta’lim va kasbga yо‘naltirish bilan
uzviy bog‘langan. О‘quvchilarda mehnat kо‘nikmalarini shakllantirish,
mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiy-nazariy bilimlarni
о‘zlashtirganlik
darajasi, vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga
asoslanadi.
Estetik tarbiya ma’naviy-axloqiy, aqliy, mehnat, gigiyenik va
jismoniy tarbiya bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshiriladi.
О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini, ularning aqliy, ma’naviy-
axloqiy, ekologik, estetik va gigiyenik tarbiya bilan uyg‘un
holda
vujudga keladi.