Mustahkamlash uchun savollar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha? 
2. Maktab darsligiga qо‘yilgan asosiy talablar? 
3. Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi? 
4. Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi? 
5. Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzilishi? 


188 
27-§. UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARIDA 
BIOLOGIYANI О‘QITISHNING О‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bо‘lgan о‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida 
о‘qitish yagona о‘quv dasturi asosida tashkil etilsada u ikki yо‘nalishda 
amalga oshiriladi. 
Akademik litsey о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal 
о‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini 
ta’minlaydigan muassasa ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani 
о‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga keng о‘rin berish, о‘quvchilarning 
chuqur о‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga 
oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, ijodiy va mantiqiy 
fikr yuritish, tajriba qо‘yish va kuzatish kо‘nikmalarini rivojlantirish, 
ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish, ilmiy-
tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va 
natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qо‘shgan 
hissalari bilan tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. 
Kasb-hunar kollejlarining о‘quvchilari tanlagan kasblari bо‘yicha 
ixtisoslik olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani о‘qitishda kо‘proq 
amaliy masalalarga, ayniqsa qishloq xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, 
baliqchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, hamda xalq xо‘jaligining boshqa 
sohalarida biologiyaning tutgan о‘rniga ahamiyat qaratiladi. О‘quv 
yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer, о‘rmonchilik 
xо‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatni 
muhofaza qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish 
lozim.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim 
mazmuni davlat ta’lim standartlari bilan me’yorlangan, shu asosda 
о‘quv dasturi tayyorlangan va unga muvofiq holda darslikning yangi 
avlodi yaratilgan. 
Biologiya darsligida о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyatini 
faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, о‘zlashtirgan 


189 
bilimlarini nazorat qilishi va о‘z-о‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish 
operatsiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli о‘zlashtirish 
kо‘nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan. 
О‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va 
о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun 
ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni о‘quvchilar tomonidan 
о‘zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bо‘lgan bilimlar о‘quvchilar 
tomonidan о‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur 
qilish, abstrakt fikr yuritish, о‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, 
bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash 
bosqichlari yordamida о‘zlashtiriladi. 
О‘quvchilarda faoliyat turlari - kо‘nikma va malakalarni 
shakllantirish kо‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni 
bajarish, kо‘rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish
kо‘nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy 
qо‘llash kabi bosqichlarni о‘z ichiga oladi. 
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bо‘lgan ijodiy faoliyat 
tajribalari о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin 
tayyorlab, uni о‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin 
emas. О‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular 
о‘quv materialini mustaqil ravishda о‘zlashtirishlari, о‘quv topshiriqlarini 
bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt 
fikr yuritishi, о‘rganilayotgan obyektlarni tahlil va sintez qilishi, 
taqqoslashi, о‘xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va 
g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, kо‘nikma va 
malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llashni о‘rganishlari lozim. 
Ta’lim mazmunining tо‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan 
qadriyatlar tizimi о‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, о‘quvchilarda 
tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga 
xizmat qiladi. О‘quvchilar mazkur tarkibiy qismni о‘zlashtirishlari 
uchun avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarni yangi 


190 
kutilmagan vaziyatlar ijodiy qо‘llashlari, bir sо‘z bilan aytganda faol 
о‘quv-bilish faoliyati talab etiladi. 
Ta’lim 
mazmunining 
tarkibiy 
qismlari 
davlat 
ta’lim 
standartlarining asosini tashkil etadi. 
Davlat ta’lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan 
iboratligini kо‘rsatdi: 
Asosiy qism – ta’lim-tarbiya jarayonidan kо‘zlangan maqsad va 
vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, kо‘nikma va 
malakalarning o’quv qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy 
qismi bilimlar, faoliyat turlari – kо‘nikma va malakalardan iborat bо‘ladi. 
Kengaytiruvchi tarkibiy qism – о‘quvchilarning biologik bilimlari va 
mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki 
guruh qiziqishlarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan ta’lim mazmuning bir 
qismi. Bu qism ta’lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar 
tizimini о‘z ichiga oladi. 
Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining 
yaxlitligini ta’minlovchi ta’lim mazmunining ma’lum bir bо‘limi. 
О‘quvchilarning qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan 
tashqari tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Qо‘shimcha tarkibiy qism - о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari yо‘nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda 
amalga oshiriladigan ta’lim mazmunining bir qismi. 
DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari о‘zgarmas 
bо‘lib, о‘quv fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, 
yordamchi va qо‘shimcha tarkibiy qismlari о‘quvchilarning kelgusida 
egallaydigan mutaxassisliklariga bog‘liq holda о‘quv fanining о‘zgarib 
turadigan qismi sanaladi. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish