204
Dars o’tishning samarali metodi – mavjud turli –
tuman
metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo’yicha mavjud sharoitda
eng yuqori natijaga erishiladigan metodlar.
Darsni savollar asosida olib borish metodi – o’quv rejasi
bo’yicha savol – javoblar yordamida talabalarni o’quv
jarayoniga jalb
etish, ularda fikr – mulohaza yuritish, o’qish, o’rganish, o’z fikrini
izohlashga ishtiyoq uyg’otadigan metod.
Delfa metodi – o’quvchi – talabalarni
ijodiy fikr yuritish,
bildirilgan
fikrlarni
taqqoslab,
baho
berish
ko’nikmalarini
shakllantirishga o’rgatadigan metod.
Didaktika – Yunon- didaklikos – o’qitadigan, o’rgatadigan –
pedagogikaning bilim olish, ta’lim tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy
qismi. Didaktika < nima>? va nima uchun? o’qitish kerak degan savollar
bilan shug’ullanadi.
Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks
ettiruvchi
qarashlar, e’tiqod hamda fikr - o’ylar tizimi.