206
O’quv rejasi – ta’limning muayyan yo’nalish
yoki mutaxassislik
bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslari tarkibi, ularni
o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmi belgilangan normativ
hujjat.
O’quv fani dasturi – ta’lim mazmuni, talabalar tomonidan
o’zlashtirishning
maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan
normativ hujjat.
O’quv faoliyati – shaxsning yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni
egallash jarayoni.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish – o’quvchi – yoshlarga
kelajakda o’z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga
qaratilgan ijtimoiy – iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy – biologik
va ishlab chiqarish – texnik tadbirlarning asoslangan tizimi.