• Pedagogik texnologiya
  • Pedagogik faoliyat
  • Ta’lim maqsadi
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    Pedagogika malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish 
    imkoniyatiga ega bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik 
    tayyorgarligi darajasi va turi. 
    Pedagogik mahoratpedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta 
    olish, harakatga keltira olish (A.S.Makarenko), pedagogik jarayonning 
    yuqori samaradorligini ta’minlovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari 
    sintezi. 
    Pedagogik texnologiya – “ishlab chiqarish” natijasi “mahsuloti” – 
    ma’lum malakaga ega bo’lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy 
    asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya’ni o’qitish jarayonini 
    qo’yilgan maqsadga ko’ra izchil ketma- ketlikka turli vosita, metodlarni 
    qo’llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning ishonchliligini 
    ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.
    Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga 
    qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
    Ratsionalizatsiya 
    – metodlarni yoki biror ish-harakatni 
    takomillashtirish. 
    Ta’lim dasturi – o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki 
    magistratura mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga 
    muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajada tayyorgarligini 
    ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro’yxati. 
    Ta’lim maqsadi – ta’lim berishdan ko’zlangan muddao. 
    Ta’lim mazmuni – o’qitish jarayonida egallash lozim bo’lgan 
    bilim, ko’nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri. 
    Ta’lim sifatini nazorat qilish – o’qitish mazmuni va 
    natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini 
    tekshirish. 


    209 
    Faoliyat – 1) ongli maqsadga ko’ra boshqariladigan kishining 
    ichki ruhiy, tashqi jismoniy faolligi; 2) atrof – muhitni kishilar 
    tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etish. 

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish