198
29-§. BIOLOGIYADAN FAKULTATIV MASHG‘ULOTLARNI
TASHKIL ETISH
Uzluksiz ta’lim tizimida biologiyadan о‘quvchilarning fan
asoslarini mustahkam va chuqur о‘zlashtirishga bо‘lgan qiziqishlari va
ehtiyojlarini rivojlantirish, о‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qо‘llash,
kasbga yо‘naltirishni
amalga oshirish, tajriba qо‘yish va kuzatish
о‘tkazish, qо‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini
shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni
tarkib toptirish
maqsadida о‘qitish jarayonining yangi shakli fakultativ mashg‘ulotlar
tashkil etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlar kamida 34 soatga mо‘ljallangan bо‘lib,
о‘quv yili davomida haftasiga 1 soat yoki yarim yilda haftasiga 2 soatga
mо‘ljallangan bо‘lib, mazkur mashg‘ulotlar darsgacha yoki darsdan
keyin о‘tkaziladi.
Biologiya о‘qituvchisi fakultativ mashg‘ulotlarning
guruhlarini
о‘quvchilarning xohish-istagi asosida bir sinf yoki parallel sinf
о‘quvchilaridan tuzadi, guruhlarda о‘quvchilar soni 10
tadan kam
bо‘lmasligi kerak.
Fakultativ mashg‘ulotlar uchun о‘quv soatlari harakatdagi о‘quv
rejadagi maktab ixtiyoriga berilgan soatlar hisobidan ajratiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun
о‘qituvchi о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy,
mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini
rivojlantirishga imkon
beradigan о‘qitish metodlari, vositalari
va shakllaridan foydalanish
tavsiya etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlarda о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy
ishlariga keng о‘rin berish barobarida ma’ruza, seminar,
amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalardan foydalaniladi.