180
kasallik tashuvchi organizmlar, kelib chiqadigan kasalliklar, ularni
yuqtirmaslik yо‘llari haqida ma’lumot beriladi.
Odam va uning salomatligi о‘quv fanida о‘quvchilarning о‘z
salomatliklarini
asrash,
shaxsiy
gigiyena
bо‘yicha
bilimlari
rivojlantiriladi, har bir organlar sistemasini о‘rganish davrida organlar
sistemasining ishiga jismoniy tarbiya va sportning ijobiy ta’siri,
kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish va
bartaraf etish yо‘llari haqida ilmiy tushunchalar beriladi.
Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat
tarbiyasi muhim rol о‘ynaydi.
Shu sababli ham uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qо‘yilgan
muhim
vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat
ehtiyojlari, о‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda
kasb tanlashga yо‘llash, ularda mehnat va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini
shakllantirishga e’tibor qaratish zarurligi kо‘rsatilgan. Mehnat tarbiyasi
о‘qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligi prinsipini
amalga oshirish, о‘quvchilarda mehnat
faoliyatiga nisbatan ijobiy
motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatni shakllantirish, о‘quvchilar о‘rtasida о‘zaro hamkorlikni
vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi.
О‘quv dasturidan о‘rin olgan mavzular bо‘yicha laboratoriya va
amaliy mashg‘ulotlarni о‘tkazish jarayonida о‘quvchilarda mikroskop
bilan ishlash,
mikropreparatlar, o’quv qo’llanmalar tayyorlash, darslik,
kо‘rgazma vositalari va tarqatma materiallari ustida mustaqil ishlash
kabi о‘quv mehnati kо‘nikmalari shakllantiriladi. Bu kо‘nikmalar
kelgusida
о‘quvchilarning tanlaydigan kasbi bо‘yicha mehnat
kо‘nikmalariga aylanishi mumkin.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga
bog‘liq holda о‘quvchilarda mehnat madaniyati kо‘nikmalarini,
jumladan, kо‘rgazmali jihozlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda
foydalaniladigan о‘quv jihozlari
va asboblari bilan ishlash, ish stoli,
biologiya darsligi, daftarini toza va ozoda saqlash, о‘quv topshiriqlari va
uy vazifalarini о‘z vaqtida va talab darajasida bajarishga e’tiborni
qaratish lozim.
181
Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘quvchilarni kasbga yо‘llash,
mehnat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradigan bilim va
kо‘nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Qishloq xо‘jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson
mehnati faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari;
Ishlab
chiqarish
mehnati
samaradorligi,
о‘simliklar va
hayvonlarning mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi
texnika va
texnologiyalarning asoslari bilan tanishtirish;
Biologik qonuniyatlar va umumiy kо‘nikmalardan amaliy faoliyat
va turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish.
О‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xо‘jaligi
mehnati kо‘nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa
ishlov berish, о‘g‘itlash, о‘simliklarni sug‘orish, urug‘ni ekishga
tayyorlash, ekish, о‘simliklarni parvarish qilish, hosilni yig‘ish va
saqlash,
shuningdek,
qishloq
xо‘jaligi
hayvonlarini
boqish,
zararkunandalariga
qarshi kurash, mehnat qurollari bilan ishlash
kabilarni kiritish mumkin.
Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda о‘qituvchi о‘quvchilarni
mehnat faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlash, mehnat madaniyatini
takomillashtirish, shuningdek, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy
bilimlaridan foydalangan holda aqliy va jismoniy mehnatni tо‘g‘ri
tashkil etish kо‘nikmalarini tarkib toptirishga e’tiborni qaratishi lozim.
Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri barkamol shaxsning
asosiy fazilatlari bо‘lgan mehnatsevarlikni rivojlantirish sanaladi. Bu
jarayonda о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy,
hissiy-irodaviy,
ruhiy, jismoniy jihatdan uyg‘un rivojlanishini amalga oshirish
maqsadida xalqimizning boy ma’naviy durdonalari bо‘lgan hadislar,
hikmatli hikoyalar, maqollardan foydalanish tavsiya etiladi.