174
“Sog‘lom avlod”
Davlat dasturi, sog‘liqni saqlash sohasida qabul
qilingan qonunlar, tabiatni muhofaza qilish yuzasidan о‘tkazilayotgan
tadbirlar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
о‘rta asrlarda yashagan ulug‘ allomalarning
jahon sivilizatsiyasiga
qо‘shgan hissalari, ularning ma’naviy qarashlari, hadislar,
hikmatli
hikoyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
О‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda tabiatni ilmiy-
nazariy, hissiy-estetik jihatdan о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish –
insonning tabiatga nisbatan ongli, ma’naviy-axloqiy munosabatlari
me’yorlarining asosini tashkil etadigan yuksak vatanparlik burchning
shakllanishiga zamin tayyorlaydi. О‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: О‘quvchilarning
hissiyotiga ta’sir kо‘rsatadigan о‘quv
materiallarini tanlash; Tanlangan
о‘quv materialining о‘rganilayotgan о‘quv materiali bilan uzviyligini
ta’minlash orqali milliy g‘ururni shakllantirish;
О‘qituvchi tomonidan о‘quv materiallarini ehtirosli bayon etish;
О‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyatini tashkil
etish va boshqarishda
samarali
metod
va
vositalardan
foydalanish;
О‘quvchilarni
о‘rganilayotgan mavzu mazmuni bilan bog‘liq holda kasb tanlashga,
Vatanning ravnaqi va mustaqillikning mustahkamlanishiga hissa
qо‘shishga safarbar etish; Sharq ma’naviyati
durdonalari, hadislar,
hikmatli hikoyalar va afsonalardan foydalanish. Vatanparvarlik tarbiyasi
о‘qitishning barcha shakllarida, shu jumladan,
sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanni madh etuvchi she’rlar,
qо‘shiqlar, san’at asarlari, ma’naviyat durdonalaridan foydalanish
tavsiya etiladi.