Mustahkamlash uchun savollar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tirik tabiat burchagi qanday ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega? 
2. Tirik tabiat burchagi qanday tashkil etiladi? 
3. Tirik tabiat burchagida qaysi о‘simliklar о‘rin oladi? 
4. Tirik tabiat burchagida qaysi hayvonlar boqiladi? 
5. Tirik tabiat burchagini jihozlash uchun nimalarga e’tibor berish 
kerak? 


162 
24-§. MAKTAB О‘QUV TAJRIBA UCHASTKASI 
О‘quvchilarga aniq puxta, mantiqiy tuzilgan plan asosida ishlash 
uquvini singdirish zarur. Buning uchun maktab о‘quv tajriba 
uchastkasida katta pedagogik imkoniyatlar bor. Uchastka territoriyasida 
tashkil etishning, ekin va kо‘chatlar ekishning pedagogik о‘ylangan 
rejasini tuzishni birinchi о‘ringa qо‘yilishi kerak. 
О‘quvchilar maktab uchastkasida ishlab, biologiyadan olgan 
bilimlarini 
yangi 
olingan 
о‘simlik va hayvonlar misolida 
mustahkamlaydilar. Ular qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirishning va 
hayvonlar parvarishining eng muhim agronomik usullari tо‘g‘risida 
tasavvurlar hamda ular bilan ishlashning muayyan sistemadagi 
kо‘nikmalarni hosil qiladilar. Uchastkadagi ishlar о‘quvchilarda 
tashkilotchilik, jamoatchilik kо‘nikmalarini, mehnat madaniyatini, 
estetik tuyg‘ularni, о‘simlikni kо‘paytirish bilan tabiatni qayta ishlab 
chiqarish kо‘nikmalarini tarbiyalashi kerak. о‘quv tajriba uchastkasida 
kuzda, bahorda botanika, zoologiya va umumiy biologiya bо‘yicha 
darslar va amaliy mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar 
qо‘yish va kuzatishlar о‘tkazish, botanika, zoologiya va umumiy 
biologiya darslarga tarqatiladigan va demonstratsiya materiallari 
tayyorlash bо‘yicha darsdan tashqari ishlar о‘tkaziladi. Uchastkada yosh 
tabiatshunoslar ish olib boradi va maktab, sinfdan tashqari tadbirlar: 
hosil kuni, bog‘ kuni, qushlar kuni, kо‘rgazmalar, ota-onalar, boshqa 
maktab о‘quvchilari uchun ekskursiyalar va shu kabilar tashkil qilinadi. 
Maktab uchastkasida, maktabda о‘rganiladigan о‘simliklar: dala, poliz, 
rezavor mevalar, manzarali va yovvoyi о‘simliklar bо‘lishi kerak. 
Shunga muvofiq, uchastka aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor 
meva, manzarali, biologik va zoologik bо‘limlarga ega bо‘lishi zarur. 
Uchastkada metrologik stansiya, auditoriya barpo etish zarur. Har bir 
bо‘limda о‘simlik kolleksiyasi va ular ustida tajriba о‘tkazish uchun joy 
ajratiladi. 
Dala bо‘limi ikki: kolleksiya va tajriba qismlarga bо‘linadi.
Kolleksiya qismi quyidagi dalalarga ajratiladi: birinchi dalaga – 
suli, о‘tlar; ikkinchi dalaga – donli ekinlar: javdar bug‘doy, arpa, tariq, 


163 
makkajо‘xori; uchinchi dalaga – dukkakli ekinlar: nо‘xot, loviya, soya 
va yem xashak о‘tlari, beda; tо‘rtinchi dalaga – tolali ekinlar: zig‘ir, 
kanop, moyli ekinlar: kungaboqar, kanakunjut, yeryong‘oq; beshinchi 
dalaga – chopiq talab ekinlar: kartoshka, qand va xashaki lavlagilar; 
oltinchi dalaga – efirli va dorivor о‘simliklar yalpiz; yettinchi dalaga – 
texnika ekinlari: g‘о‘za, kanop ekinlari. 
Tajriba qismlarida birinchi dalada qora shudgorda begona о‘tlarni 
paydo bо‘lishi va ularga qarshi kurash, yashil о‘g‘itlar bilan о‘g‘itlangan 
va о‘g‘itlanmagan yerda kelgusi yilda g‘alla ekish. Ikkinchi dalada 
ekishning yaxshi usulini aniqlash. Uchinchi dalada beda va unga 
aralashtirilgan pichan hosili. Tо‘rtinchi dalada kartoshkalarning yer ustki 
tugunaklarini hosil qilish, chopiqni ta’siri, kartoshkani kо‘paytirish 
usullari, kartoshkadan yuqori hosil olish. 
Sabzavot ekinlarini bо‘limida – alohida uchastkaga kо‘p yillik 
ekinlar kolleksiyasi: yernok shavel, rovoch о‘tqaziladi. Bо‘limning 
qolgan maydonini sabzavot almashlab ekish uchun 4 ta dalaga ajratiladi. 
1-Dalada: gо‘ng bilan yangi о‘g‘itlangan yerga bargli ekinlar, har xil 
navli karam: mosh va qizil karam, gul karam, pomidor, piyoz. 2-Dalada: 
mevali ekinlar. 3-Dalada: mineral о‘g‘itlar bilan о‘g‘itlangan yerga ildiz 
mevali: sabzi, lavlagi, sholg‘om, rediska. 4-Dalada: dukkakli ekinlar: 
loviya, nо‘xat va ertangi kartoshka ekiladi. 
Sabzavot ekinlari ustida о‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar 
bо‘lishi 
mumkin:yerga 
qо‘shimcha 
ishlov 
berishning 
ta’siri, 
qalamchadan kо‘paytirish, chatishtirish, novdalarning chilpishning 
ta’siri, yaxshi о‘simliklarni urug‘lik uchun ajratish, asosiy ekinlar: 
karam, pomidor, lavlagi, piyoz, bodring va boshqalardan yuqori hosil 
yetishtirish. 
Bu 
tajribalarning 
barchasidan 
botanika 
V-VI 
sinflardagi 
mavzularni о‘tishda, umumiy biologiyadan IX- sinfda “Kо‘payish va 
individual rivojlanish”, “Genetika va seleksiya asoslari” mavzularini 
о‘tishda foydalaniladi.
Rezavor meva ekinlari bо‘limining katta qismi mevali bog‘ uchun, 
kichikroq qismi rezavor meva ekinlari va pitomnik uchun ajratiladi. 


164 
Kolleksiya uchun bog’ga olcha, nok, dо‘lana о‘simliklarini ekish 
kerak. 
Rezavor meva bо‘limini tashkil qilishda katta yoshli meva 
daraxtlari ular ustida kuzatish olib borish uchun, tez о‘zgaruvchan yosh, 
shakl beriladigan daraxtlarga unchalik qiziqarli bо‘lmaydi. Shuning 
uchun maktab uchastkasida pitomnik bо‘lishi zarur. Rezavor meva 
ekinlari gullarni sun’iy changlatish, mevali daraxtlarni kurtak va iskana 
payvand qilish, rezavor mevalarni parxishlab va qalamchalardan 
kо‘paytirish bо‘yicha tajribalar о‘tkaziladi. Vegetativ kо‘paytirish 
kо‘nikmalariga alohida e’tibor berish kerak. 
Manzarali о‘simliklar bо‘limida quyidagi о‘simliklar bir 
yilliklardan: -baxmalgul, tamaki: ikki yilliklardan:-kartoshkagul, 
gulsafsar. Butalardan:-siren, chirmashib о‘sadigan о‘simliklar-yovvoyi 
tok, pechakgul. Manzarali о‘simliklar bilan V-VI va IX sinf 
о‘quvchilari yovvoyi о‘simliklarni madaniylashtirish bо‘yicha, 
chatishtirish, payvandlash parxishlab kо‘paytirish, kun uzunligini ta’siri, 
о‘g‘itlab sug‘orishning ta’siri, shonalarni chilpish bilan о‘simlikni 
gullash vaqtini о‘zgartirish bо‘yicha tajribalar о‘tkazadilar. 
О‘simliklar biologiyasi bо‘limi, botanika, zoologiya, umumiy 
biologiya kurslari bо‘yicha ahamiyatga ega bо‘lgan о‘simliklar 
biologiyasi bо‘limi maktab о‘quv tajriba uchastkasida bо‘lish kerak. Bu 
yerda eng muhim biologiya qonunlarini aniqlashtiruvchi tajribalar 
qо‘yiladi.Yovvoyi о‘simliklarni о‘tqazish о‘quvchilarni e’tiborini о‘rab 
olgan tabiatni bilib olishga qaratiladi. 
Zoologiya bо‘limida tajribalar va amaliy ishlar uchun quyonlar, 
volerlarda yoki tovuqxonalarda tovuqlar bо‘lishi shart. Hayvonlarning 
о‘simlik muhiti bilan bо‘lgan tabiiy bog‘lanish ishini tushuntirish uchun 
uchastkaning о‘simliklari bо‘lgan turli bо‘limlardan foydalaniladi. 
Misol: Sabzavot bо‘limida о‘quvchilar ba’zi bir zararkunandalar
rivojlanishini kuzatish uchun ajratib qо‘yadilar. Rezavor-meva 
bо‘limida meva daraxtlarning zararkunandalarini ustida kuzatishlar olib 
boriladi. 
Meteorologik stansiya uchun yer, daraxtlar va imoratlardan 
uzoqroqda joy ajratiladi: uni о‘simliklar biologiyasi bо‘limining oldida 


165 
yoki dala о‘simliklari bо‘limining о‘rtasida joylashtirilgani ma’qul. 
Odam va uning salomatlik kursini о‘qitish protsessida uchastkadan 
foydalanish mumkin. Chunonchi VIII sinfda о‘quvchilar ustidan 
ularning mehnat faoliyatida alohida kuzatishlar olib borish mumkin. 
Maktab uchastkasida tо‘g‘ri va notо‘g‘ri ritmda ishlaganda charchash 
darajasini hisobga olish mumkin.Uchastkada yopiq joy bо‘lishi zarur, 
uning ostida о‘quvchilar yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda yashirinadilar 
kuzda esa о‘simliklarni quritish uchun foydalaniladi. Maktab 
uchastkasida asboblarning saqlanadigan asboblar ombori bо‘lishi shart, 
u yerda belkurak, metin hashkash, arra, bolg‘a, bog‘ qaychisi bо‘lishi 
shart. Uchastkadagi ishlar о‘quvchilarga tashkilotchilik, jamoatchilik 
kо‘nikmalarini, mehnat madaniyatini estetik tuyg‘ularini, о‘simliklarni 
kо‘paytirish bilan tabiatni qayta ishlab chiqarishni kо‘nikmalarni 
tarbiyalash kerak. Maktab uchastkasida maktabda о‘rganiladigan 
о‘simliklar: dala poliz, rezavor-meva, manzarali va yovvoyi о‘simliklar 
bо‘lishi kerak. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish