156
23-§. TIRIK TABIAT BURCHAGI
Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati
Biologiya о‘qitishning moddiy bazasini
asosiy qismini tirik tabiat
burchagi tashkil etadi. Tirik tabiatt burchagi – faqat о‘simlik va
hayvonlarni saqlash ular ustida tajribalar qо‘yish, sinfdan tashqari
ishlarni bajarish joyi hamdir. Unda о‘quvchilarning biologiyaga bо‘lgan
qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy imkoniyatlar bor.
Tirik
tabiat burchagi dastlab, о‘quvchilar kuchi bilan biologiya
kabinetida, sinf derazalarida tashkil etiladi. O’quvchilar
uylaridan xona
о‘simliklari yoki ularning qalamchalari, ekskursiyalardan – hayvonlar va
yovvoyi о‘simliklarni olib keladilar. Natijada tirik tabiat burchagi juda
tezlik bilan kengaya boradi va maxsus xona talab etadi. Uni tashkil etish,
tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish biologik talablarga tо‘la mos
bо‘lishi kerak. O’simlik va hayvonlar biotsenozlar bо‘yicha
guruhlar
ajratiladi. Akvariumlarda baliqlar,
mollyuskalar, triton va suv muhitiga
moslashgan о‘simliklar, terrariumlarda nam joyda о‘sadigan о‘simliklar
(qirqquloq, qirqbо‘g‘in,yо‘sin) va baqa kaltakesaklar,
qafaslarda turli
hayvonlar va о‘simlik shoxlari bо‘ladi.
Burchakdagi о‘simlik va hayvonlarni sistemali qulay va chiroyli
qilib joylashtirish muhimdir. Saqlanayotgan
tirik organizmlar agro va
zootexnika qoidalariga rioya qilgan holda saqlash zarur. Har-bir obyekt
oldida etiketka va pasporti bо‘lsin bu ular bilan yaxshi tanishishga
imkon beradi.
Tirik tabiat burchagida о‘simlik va
hayvonlarni parvarishlash
bо‘yicha
mehnat
madaniyati
tarbiyalanadi;
maktab
boyligini
ehtiyotkorlik munosabati tarbiyalanadi. Estetik tarbiya uchun ham katta
imkoniyatlar bor, о‘simlik akvariumlarni,
qafaslarni qanday chiroyli
qilib, о‘zaro bog‘liqlikda joylashtirishga о‘rgatadi.
Shunday qilib, tirik tabiat burchagi – faqat о‘quv joyi emas, balki
kо‘p qirrali tarbiyaviy ishlar joyi hamdir.