151
22-§. MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI TASHKIL ETISH
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2008 yillarda
maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari
tо‘g‘risida” gi farmoyishda maktablarni о‘quv va laboratoriya
uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va о‘quv uslubiy
materiallar
bilan ta’minlash zarurligi kо‘rsatilgan. Umumiy о‘rta ta’lim
maktablarining
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash
orqali
о‘quvchilarda DTS talablariga monand holda bilimlarni shaklantirish,
kо‘nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam
kо‘rsatish uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil
etish zarur. Biologiya xonasi uchun yо‘lakka yaqin joylashgan oxirgi
xonani tanlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Chunki bu joylarda tabiat
muzeyi, kо‘rgazmalar tashkil etish mumkin. Biologiya xonasi 2 ta: dars
olib boriladigan о‘quv xonasi, laboratoriya hamda tirik tabiat burchagi
xonalaridan iborat bо‘lishi kerak.
Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya
о‘qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Biologiya xonasi qо‘yidagi
asosiy
vazifalarni bajarishga yо‘naltirilgan:
Ta’limning samaradorligi oshirish maqsadida о‘quv jarayonini
tashkil etishda kerak bо‘ladigan jihozlar bilan ta’minlash;
Dars va о‘quv jarayonining boshqa shakllarida о‘qitishning texnik
vositalaridan foydalanish;
O‘quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EXM
ning nazorat dasturlaridan foydalanish;
Biologiya bо‘yicha sinf va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarni olib
borishda kerak bо‘ladigan jihozlar bilan ta’minlash;
О‘quv xonasi о‘rtacha 70 m
2
atrofida bо‘lishi kerak.
Laboratoriya xonasi 35-40m
2
bо‘lishi kerak.
Biologiya о‘quv xonasi quyidagilar zarur bо‘lgan mebel va
maxsus jihozlar bilan jihozlanadi: doska, о‘qituvchi stoli va stuli,
namoyish stoli, о‘quvchilar
uchun parta va stul, preparat va mulyaj
saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda
predmetning etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada
152
о‘simlik va hayvonot dunyosining evolyutsion rivojlanish tarixini,
kо‘zga kо‘ringan biologlarning portretlari qо‘yilsa maqsadga muvofiq
bо‘ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari
dars davomida tajriba,
amaliy ish va kuzatishlar о‘tkazishda, jadvallar, videofilm
diapozitivlarini о‘z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material
va asboblarni tarqatish hamda yig‘ib olishga moslashgan bо‘lishi
kerak. Bu о‘z navbatida о‘quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga,
ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon
beradi. Bularning hammasi о‘quvchilarda о‘quv mehnatini tashkil qilish
madaniyatini tarbiyalaydi. Laboratoriya
xonasi biologiya xonasining
ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan о‘quv-kо‘rgazma qurollar,
asboblar, idishlar, ya’ni о‘qitish jarayonini tashkil etishga kerak
bо‘lgan barcha qо‘llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar,
videodisklar, didaktik materiallar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar
olib borish uchun yо‘riqnoma berish hamda kо‘rsatmalarni hammasi
ma’lum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik
kartatekalar tizimiga
kiritiladi. Bulardan tashqari laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar
о‘tkazish uchun zarur materiallar tayyorlanadi, kо‘rgazmalar
ta’mirlanadi. Stolda jо‘mrakli suv krani bо‘ladi. Undan idishlarni
yuvishda foydalaniladi.
Biologiya о‘qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik
tabiat burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik
о‘simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar о‘tkazish
hamda
darslarda namoyish qilish uchungina emas, balki darslardan va sinfdan
tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon
darajasida biologiya xonasining yaqinida tashkil qilish mumkin. Maxsus
joyni tashkil etishda tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish,
biologik talablarga mos kelishini e’tiborga olish kerak.
Saqlanayotgan har bir о‘simlik va hayvon oldiga pasport
qо‘yiladi. Bu tanishish imkoniyatini beradi, hamda tajriba va nazorat
obyektlari ustida о‘lchash va ma’lumotlarni
yozib borish bilan
kuzatishlarga imkon beradi, tirik tabiat burchagi о‘quvchilarda
о‘simliklar va hayvonlarni parvarishlash bо‘yicha mehnat madaniyatni
tarbiyalaydi: ijtimoiy-tashkiliy kо‘nikmalar va ijtimoiy- maktab mulkiga
153
ehtiyotkorlik munosabati о‘simlik va hayvonlarni parvarishlash orqali
ularni asrash, kо‘paytirish hislarini tarkib toptirishga yordam beradi.
Umumta’lim maktablarida biologik ta’limning samaradorligi
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari bо‘lgan dars, darsdan va
sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab darajasida о‘tkazishga
bog‘liq. Mazkur mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo
biologiya о‘quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat burchaklarini tо‘liq
jihozlashga bog‘liqdir.