146
kengaytirish, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash,
tabiat va jamiyatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ongli
ravishda kasb tanlashga yо‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish, tajriba
qо‘yish va kuzatishlar о‘tkazish kо‘nikmalarini rivojlantirish sanaladi.
Biologiyadan tashkil etiladigan tо‘garak umumiy nom “Yosh
biologlar” deb ataladi va о‘quvchilarning о‘rganayotgan о‘quv fani,
yoshlik
va psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga
olingan holda 5-6 sinflarda “Yosh botaniklar”, 7-sinfda “Yosh
zoologlar”, 8-sinfda “Yosh fiziologlar” va 9-11 sinflarda “Yosh
biologlar” tо‘garagi tashkil etiladi.
5-6 sinf о‘quvchilari bilan tashkil etiladigan “Yosh botaniklar”
tо‘garagida quyidagi masalalarga e’tiborni qaratish tavsiya etiladi.
“О‘zbekistonda botanika fanining taraqqiyoti”, “Ulug‘ alloma ibn
Sinoning dorivor о‘simliklar haqidagi fikrlarini о‘rganish”, о‘simlik-
larning ahamiyati va ularni asrash tо‘g‘risidagi hikmatli hikoyalar va
hadislarni о‘rganish, xona о‘simliklarini
tasniflash, parvarish qilish va
kо‘paytirish, dorivor о‘simliklarning biologik va ekologik xususiyatla-
rini о‘rganish, О‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan о‘simliklar.
Quyida “Yosh zoologlar” tо‘garagining namunaviy ish rejasi
berilmoqda.Mazkur tо‘garakning namunaviy ish rejasini о‘qituvchi о‘z
bilimi, pedagogik mahoratiga tayanib tо‘ldirishi va о‘zgacha sayqal
berishi, mahalliy sharoit va о‘quvchilarning
qiziqishi va ehtiyojini
hisobga olib tegishli о‘zgartirishlar kiritishi va amaliyotda qо‘llashi
mumkin.
8-sinf о‘quvchilari bilan о‘tkaziladigan “Yosh fiziologlar”
tо‘garagida hujayra va tо‘qimalardan mikropreparatlar tayyorlash,
qonning tuzilishi va xossalari, yurakning tuzilishi va ishi, Abu Ali ibn
Sinoning tibbiyot fanining paydo bо‘lishi va rivojlanishiga qо‘shgan
hissasi, salomatlikni asrash bо‘yicha hikmatli
hikoyalar va hadislarni
о‘rganish, “Chekmasdan – yoshlik gashtini sur”, “О‘zbekistonda
fiziologiya fanining rivojlanishi va istiqbollari” kabi mavzularda
kechalar о‘tkazishga tayyorgarlik masalalarini kiritish maqsadga
muvofiq.
147
Quyida 9-sinf о‘kuvchilari bilan о‘tkaziladigan “Yosh biologlar”
tо‘garagining namunaviy ish rejasi keltirilmoqda.
Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar boshqa turdagi
mashg‘ulotlardan kо‘p sondagi о‘quvchilarning ishtirok etishi bilan
farqlanadi. Ommaviy mashg‘ulotlar о‘zining ta’limiy,
tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi funksiyasi bilan о‘quvchilarning jamoasiga ijobiy ta’sir
kо‘rsatadi. Shu sababli biologiya о‘qituvchisi ommaviy mashg‘ulotlarni
talab darajasida tashkil etilishiga e’tiborini qaratishi lozim.
Botanikani о‘qitishda “Gullar bayrami”, “Mehrjon bayrami”,
“О‘simliklar sо‘zlaydi”, “Biz ibn Sino vorislarimiz”, zoologiyani
о‘qitishda “Qushlar bayrami”, “Qanotli dо‘stlarimiz”, “О‘zbekiston
baliqlari”, “Hayvonot olamining eng kichik va eng katta vakillari”, “Uy
pashshasi va uning zarari”, “Parazit chuvalchanglar”, “Tinib tinchimas
asalarilar”, odam va uning salomatligini о‘qitishda turli mavzulardagi
kechalar, bayramlar, ma’ruzalar, “О‘tkir zehnlilar mushoirasi”,
viktorinalar о‘tkazish, О‘zbekiston Qahramonlari
va olimlari bilan
uchrashuvlar tashkil etish, umumiy biologiyani о‘qitishda, “О‘zbekiston
ekolog
olimlarining
fan
taraqqiyotiga
qо‘shgan
hissalari”,
“О‘zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari,
kelajagi”, “Allomalar nazmida ekologiya”, “Orol dardi - olam dardi”
mavzulari bо‘yicha kechalar о‘tkazish tavsiya etiladi.
Jumladan, “Allomalar nazmida ekologiya” mavzusidagi ommaviy
kecha quyidagi reja asosida olib boriladi:
О‘qituvchining kirish sо‘zi. U о‘z sо‘zida ulug‘ allomalar Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir
Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Boburlarning boy
ma’naviy meroslari, ularning jahon sivilizatsiyasiga qо‘shgan hissalarini
qayd etib, о‘quvchilarni ularning munosib vorislari bо‘lishga undaydi va
ularning asarlarida ekologik muammolarga katta e’tibor berilganligi,
bugungi kecha ulug‘ allomalarning ekologik qarashlarini о‘rganishga
bag‘ishlanishini ma’lum qiladi.