142
21-§. SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR
Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini
yanada oshirish, o’quvchi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol
toptirish, ularning bo’sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etish, kasb –
hunarga yo’naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual
barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida shu bilan birga “ Xalq ta’limi
tizimiga boshqarishning yangi tamoyillarini joriy
etish chora tadbirlari
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 – yil 5 –
sentyabrdagi PQ-3931 –sonli qarorining uchinchi bandida
maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish bo’yicha
asosiy vazifalar
ko’rsatilgan bo’lib, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash,
ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni ta’minlash muhim
masala ekanligi ta’kidlangan.
(Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning
yangi tamoyillarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi PQ-
3931-sonli qaror 2018- y 05. 08.)
Shu bois, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar о‘quvchilarning
о‘qituvchi rahbarligida biologiya о‘quv dasturidan о‘rin olgan
mavzularni kengaytirish va tо‘ldirish maqsadiga yо‘g‘rilgan darsdan
tashqari о‘tkaziladigan ixtiyoriy о‘qitish shaklidir.
О‘quvchilarning
fan
asoslarini
chuqur
va
mustahkam
о‘zlashtirishlariga
erishish, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari, kо‘rgazmali
vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish,
belgilangan
mavzular bо‘yicha kuzatish va tajribalar о‘tkazish, о‘quvchilarning
qiziqishlari va bilimlarni о‘zlashtirishga bо‘lgan ehtiyojlarini hisobga
olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish,
ularning ijodiy
qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy
dunyoqarashini
kengaytirish, kasbga yо‘llash, о‘quvchilarning ongi va
qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, о‘qishni unumli jismoniy va
aqliy mehnat bilan uzviy bog‘lash maqsadida umumiy biologiyadan
sinfdan tashqari mashg‘ulotlar о‘tkaziladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning uch xil turi mavjud:
1. Ayrim о‘quvchilar bilan yakka
tartibda olib boriladigan
mashg‘ulotlar;
143
2. О‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar;
3. О‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan
mashg‘ulotlar;
Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari
bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi.
12-jadval