O’zbekiston Respublikasi Xalq




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Ekskursiyaning turlari 
Biologik ekskursiyalar har xil turda bо‘ladi; vaqtiga qarab, bir 
soatlik, bir kunlik va kо‘p kunlik. Bir soatlik ekskursiya – maktab 
hovlisida yoki о‘quv tajriba uchastkasida о‘tkaziladi. Ekskursiya rejasini 
– metod birlashmasining raisi tasdiqlaydi. (Gulli о‘simlik va uning 
organlari degan mavzudagi ekskursiya). Bir kunlik ekskursiya – 
tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xо‘jaliklariga, hayvonot 
yoki botanika bog‘iga, baliqchilik xо‘jaligiga yoki parrandachilik 
xо‘jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bо‘lim 
mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Kо‘p kunlik ekskursiya – о‘quv yilining 
oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiyot, 


138 
badan-tarbiya yoki harbiy о‘qituvchilari bilan birgalikda о‘tkaziladi. 
Kо‘p kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi. 
Ekskursiyaga tayyorgarlik 
Ekskursiyaning 
samaradorligi 
kо‘p jihatdan uni puxta 
tayyorlanishiga bog‘liq. 
Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta 
tayyorgarlik va aniq reja asosida о‘tkazishni talab qiladi. 
Tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: 
Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda 
о‘quvchilar о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni 
aniqlanadi. О‘qituvchi ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin о‘zi 
о‘sha ekskursiya joyi va marshrutini kо‘rib keladi, (ya’ni taxminiy 
ekskursiya qilib keladi). Bunda о‘rganiladigan obyektlar va qulay 
marshrut tanlanadi, qayerda, qanday material yig‘ish va qayerda 
tushuntirish hamda suhbatlar о‘tkazish mumkinligi belgilanadi, 
ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun 
zarur bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas, 
lupa, belkurak, boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, 
bonkachalar). 
О‘qituvchi 
taxminiy 
ekskursiya 
о‘tkazish 
va 
о‘rganiladigan о‘quv materialining mazmunini aniqlash asosida haqiqiy 
ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish izchilligi va 
о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va 
mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obyektni topib olish, materialni yig‘ish, 
kabilar). 
О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar bir necha kun oldin 
ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon jо‘nalishi va qancha vaqt 
davom etishi о‘quvchilarga aytiladi. О‘qituvchi ekskursiyadan oldingi 
darsda о‘quvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya 
mavzusiga oid nimalarni о‘qib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi.  
Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, muzey va milliy tadqiqot 
muassasasi 
kabi 
joylarda 
о‘tkaziladigan ekskursiyalar alohida 
tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda avvalo ekskursiya va uning vaqti 



Download 1,48 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish