133
Darslik bо‘yicha uy vazifalari о‘tilgan
darsda hosil qilingan
bilimlarnigina emas, balki undan oldin о‘zlashtirilgan bilimlarni ham
mustahkamlash yuzasidan bо‘lishi mumkin. Darsda о‘qituvchi ish
uslublari sistemasi vositasida о‘quvchilarni uyda darslikdan tо‘g‘ri
foydalanishni о‘rgatib boradi. Bu uslublar quyidagilardan iborat:
Yuzaki qarab chiqish orqali darslik materiali haqida dastlabki
tushunchaga ega bо‘lish.Matnning bir muncha qiyin qismlarini,
ta’riflarni, qonun, qoidalarni, lug‘atlarni о‘qish
va taxlil qilish, rasm,
sxema, jadvallarni kо‘rib chiqish va ma’nosini tushinib olish, raqamli
ma’lumotlarga e’tibor berish.
О‘quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni о‘rganishdan
oldin, maqola yoki mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va
boshqa ma’lumotlardan ajratib olishlari kerak. Yuqori sinf о‘quvchilari
darslikni о‘qish vaqtida qisqacha yozib borishlari foydalidir, ular
о‘rgangan matnni xotirada kо‘proq qolishga yordam beradi.
Darslik
mavzulari bо‘yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar yozish, bularning
hammasi о‘quvchilarni darslikdan tо‘laroq va chuqurroq foydalanishga,
uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi. Bilimlarni
mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bо‘ladi. О‘quvchilar
faqat og‘zaki
javob berib qolmay, balki ayrim gullarning,
hayvonlarning va ularning organlarining tuzilishini, sxematik chizishni
ham bilishlari kerak. Shuningdek,
ular qon aylanish, nafas olish, ovqat
hazm qilish, moddalar almashinuvini sxemasini chizishni ham bilishlari
zarur. Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy material bilan mustaqil
amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta ahamiyatga
ega. Uy vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda bо‘lishi mumkin.
Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash,
gul qismlarini
ajratish.kabilar darsda tegishli materialni о‘rganilgandan sо‘ng bilimni
mustahkamlash uchun beriladi. Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni
tajriba yoki kuzatish natijalaridan tegishli darslardan foydalanish uchun
oldindan berish ma’qul.
Dastlabki eksperimental ishlarni ma’lum muddatda qaysi darsda
foydalanish uchun ularni о‘quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab
chiqish zarur.bunday uy vazifalari kо‘proq botanikadan bо‘lishi
134
mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan
necha kun kerakligi quyida
keltirilgan;
Gerbariy quritish uchun – 7 kun
Urug‘ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun
Ildizning о‘sishini kuzatish – 10 kun
Qalamcha va parxishdan о‘simlik о‘stirish uchun – 14 kun
Tajribalar natijasini о‘quvchilar о‘qituvchining kо‘rsatmasiga
binoan tegishli darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma’lumot
beradilar. О‘z tajribasini о‘qituvchi bajarayotgan tajriba bilan
taqqoslaydilar. Zoologiya bо‘yicha amaliy ishlar asosan kuzatishlar
bilan bog‘liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum bosib yotishi,
qaldirg‘ochlarning jо‘jalariga hasharotlar olib kelishi kabilardir. Odam
va uning salomatligi kursidan uy vazifalari
ham amaliy va tadqiqiy
mazmunda bо‘lishi mumkin. Bularga uy sharoitlarida suyaklarni
kuydirish, ularni kislotaga solish, hayvonlarda shartli reflekslar hosil
qilish kabilarni olish mumkin.
Umumiy biologiya kursidan ham tabiiy obyektlar bilan ishlash
bо‘yicha har xil mustaqil topshiriqlar bо‘lishi mumkin.
Bunday
topshiriqlar organizm shakllarining xilma-xilligini о‘zgaruvchanligini va
moslanishlarini har xil ekologik omillarini organizmga ta’sirini
о‘rganish yuzasidan bо‘lishi mumkin. Uyda о‘tkazilgan tajriba natijalari
tо‘plangan gerbariy va kolleksiyalar darslarda foydalaniladi.
О‘quvchilarning axborotlari о‘qituvchi bayon qiladigan materialga
kiritiladi.
O’quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu
jumladan dunyo bozoriga milliy an’analarimiz asosida maktablarda fan
to’garaklarining
faoliyati,
o’quvchilar
tomonidan
yaratilgan
mahsulotlarni namoyish qilish, maktabdan tashqari ta’limga o’quvchilar
qamrovini oshirish, o’quvchilar qiziqishlariga ko’ra to’garaklarni tashkil
etish va doimiy faoliyat olib borishiga jiddiy e’tibor berish aytib
o’tilgan.
( Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini