130
turli ekologik omillarning ta’sirini о‘rganish bо‘yicha
tajriba qilsalar,
boshqalari shu mavzuda hayvonlar bilan tajriba о‘tkazadilar. Masalan,
о‘simlikning о‘sishiga quyosh nuri va sun’iy yorug’ligining ta’siri yoki
niholning о‘sishi va rivojlanishiga quyosh nuri va haroratning ta’siri,
irsiyat haqida aniq tushunchaga ega bо‘lish uchun hayvonlardan
drozofila, akvarium balig‘i guppi ustida chatishtirish bо‘yicha tajribalar
qо‘yadilar.
Ayniqsa
vegetativ
kо‘payish,
organizmlarning
moslashganligini, sun’iy biotsenozlar yaratish,
kun uzunligini, о‘simlik
va hasharotlar g‘umbagining rivojlanishini о‘rganishga oid tajribalar
qо‘yish nihoyatda qiziqarlidir. Bitta tajribadan bir necha mavzularni
о‘rganishda ularga monand holda foydalanish mumkin.
Eng asosiysi о‘quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda
pedagogik maqsadda tо‘la foydalanishdan, ya’ni puxta о‘ylangan tarzda
teskari bog‘lanishlarni amalga oshirishdan iboratdir.