127
TEST SAVOLLARI
1. Maktab hayotini va ishini yurituvchi shaxslar?
A) Maktab direktori, о‘rinbosarlari, kamolot yetakchisi;
B) Sinf rahbari;
S) Uslub birlashma raisi;
D) Fan о‘qituvchisi.
2. Ekskursiyalarga qanday olib boriladi?
A) Guruh bо‘lib;
B) 4-5 ta о‘quvchilar bilan;
S) Yakka tartibda;
D) Ommaviy holatda.
3. Maktab sharoitida dars uchun mо‘ljallangan vaqt qancha?
A) 30 minut;
B) 40 minut;
S) 45 minut;
D) 15 minut.
4. Maktabda о‘tkaziladigan qaysi ommaviy tadbirlarni bilasiz?
A) “Bilimlar kuni”
B) “Yangi yil kechasi”
S) “Oltin kuz sayli”
D) “Mushoira kechasi”
5. Kо‘rgazmali о‘qitish uslubining shakllari qaysilar?
A) Rasmlar asosida
hikoyalar tuzish;
B) Mulyajlar tayyorlash;
S) Kо‘rgazmali vositalar asosida darsni tashkil etish;
D) Sо‘z о‘yinlari.
128
V-BOB. DARSDAN VA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
18-§. DARSDAN TASHQARI ISHLAR
Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Darsdan tashqari
ishlar о‘qituvchining individual yoki gruppali
topshiriqlari asosida
darsdan keyin kursni о‘rganish bilan bog‘liq bо‘lgan majburiy tarzda
amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli. Darsdan tashqari ishlar:
biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, о‘quv
tajriba uchastkasida
bajariladi. О‘quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zarurligi
shundan iboratki, о‘simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan
kо‘pgina uzoq muddatli kuzatishlar о‘quv jadvaliga sig‘maydi.
Ayrim
xollarda turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda
turli
topshiriqlarni bajarilishiga tо‘sqinlik qiladi. Biologiya kursini о‘rganish
davomida har bir о‘quvchi mikroskop bilan ishlash kо‘nikma
malakasiga ega bо‘lishi kerak. Shuning uchun о‘qituvchi navbat bilan 3-
5 о‘quvchini dars oldidan yoki darsdan sо‘ng mikroskop bilan ishlashini
tashkil etish kerak. О‘quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bо‘linib mayda
hayvonlar ustida о‘qituvchi topshirig‘i bо‘yicha
keyinchalik darslarda
foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib
boradilar. Har bir о‘quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari
ish bajaradi, ularning bajarilishiga о‘qituvchi baho qо‘yadi. Darsdan
tashqari ishlar mazmuniga kо‘ra uyga beriladigan
tajribalarga yaqin
hisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bо‘lib, sinf
о‘quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy
ishlaridan, farqi ba’zan dastlabki xarakterda bо‘ladi, ya’ni sinfda
о‘rganishdan bir necha kun, hafta va hatto bir necha oy ilgari beriladi.
Masalan botanikadan
suv о‘simliklari bilan tajribalar -2oy
bargda kraxmal izlari hosil bо‘lishi -2 oy
poya bо‘ylab suvning kо‘tarilishi -2-3 kun
Hayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bо‘ladi.
Odam va uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina
xarakteridagi ishlar ma’lum mavzular о‘rganilgandan sо‘ng bilimni
mustahkamlash uchun о‘tkaziladi. Kо‘pgina fiziologik tajribalar, shartli
129
refleks
hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi.
Ularning natijalarini darsda kо‘rsatish imkoni bо‘ladi. Darsdan tashqari
vaqtda о‘quvchilar о‘tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida
xabardor
bо‘lgan
о‘qituvchi darsda tajribaning borishi, turli
bosqichlardagi о‘zgarishlarni namoyish qilishi, о‘tkazilayotgan tajribalar
haqida о‘quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish
imkoniga ega bо‘ladi.