Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar asosan morfologiya, 
ekologiya va sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy 
hamda kolleksiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun 
topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun 
kо‘pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida V sinf 
о‘quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi о‘simliklarni 
yig‘ish. VI sinf о‘quvchilariga madaniy va yovvoyi о‘simliklarni yig‘ish 
va gerbariy tayyorlash; VII sinf о‘quvchilariga hayvonlar ustida kuzatish 
olib borish, hasharotlardan kolleksiyalar tо‘plash kabi topshiriqlar 
beriladi. О‘simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular 
yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini kо‘rsatadigan 
biologik kolleksiyalar katta ahamiyatga ega. О‘qituvchi ixtiyorida yozda 
chet ellarga ota-onalari bilan sayohatga boruvchi о‘quvchilar yordamida 
xonani qiziqarli obyektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. 
О‘qituvchi о‘quvchilarning qayerga borishini oldindan bilib olib
kabinet uchun kerakli obyekt olib kelish tо‘g‘risida topshiriq beradi. 
Albatta bunday topshiriqlar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda 
bо‘ladi. 
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan 
fenologik kuzatishlar alohida о‘rin tutadi. О‘quvchilar har kuni 


131 
kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlarni yozib boradilar. 
О‘simlik va hayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar 
ob-havoning holati bilan bog‘lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar 
olib boriladi. Bu kuzatish ma’lumotlari о‘simliklar va hayvonlarning 
rivojlanishi hamda xulq-atvori bilan taqqoslanadi. Tirik tabiat 
burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar 
darsda о‘rganish uchun qiziqarli material beradi, о‘quvchilarda mustaqil 
ishlash uquv va kо‘nikmalarini tarbiyalaydi, tabiatga qiziqishni 
rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun о‘quvchilar, odatda, 
topshiriqlarda kо‘rsatiladigan о‘simlik va hayvonlar tо‘g‘risidagi 
maxsus adabiyotlarga, ma’lumotnomalarga, ensiklopediyalarga murojaat 
qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida о‘quvchilarda 
bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojaat qilish 
ehtiyoji tarbiyalanadi. Dars bilan uzviy bog‘liq holda darsdan tashqari 
ishlar biologiya о‘qitishning majburiy shakli bо‘lib qoldi, ular darsni 
davom ettiradi va mustahkamlaydi. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish