• Mustahkamlash uchun savollar: 1.
  • joriy etish chora tadbirlari to’g’risida. PQ-3931-sonli qaror 2018




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    joriy etish chora tadbirlari to’g’risida. PQ-3931-sonli qaror 2018. 
    05.08.)


    135 
    Shuning uchun ham o’quvchilarga uy vazifalarini va mustaqil 
    o’rganish uchun quyidagilarga e’tiborimizni qaratishimiz lozim. 
    O‘quvchilarning uy vazifalari xilma-xil bо‘lishi mumkin. 
    Darslik bilan ishlash; 
    Savollarga javoblar; 
    Jadvallar tuzish; 
    Jurnal va ilmiy-badiiy adabiyotlar о‘qish; 
    Mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash; 
    Tabiiy obyektlar bilan ishlash; 
    О‘simlik va hayvonlarni kuzatish; 
    Tajribalar qо‘yish; 
    Mustahkamlash uchun savollar: 
    1. Uy vazifalarni xillarga bо‘lish mumkin? 
    2. Uy vazifalari berishda о‘qituvchi nimalarga e’tibor berishi 
    kerak?
    3. Darslik bо‘yicha uy vazifalarida nimalarga e’tibor berish kerak? 
    Uyda bajariladigan amaliy ishlar qanday bо‘ladi? 
    4. Uy vazifalariga qо‘yilgan talablar? 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    136 
    20-§. EKSKURSIYALAR 
    Ekskursiya lotincha “Excursio” - “sayr etish” degan sо‘zdan 
    olingan bо‘lib, vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor 
    joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. 
    Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki о‘quvchilar 
    gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bо‘lib, 
    “о‘rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki 
    sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya” deyiladi. 
    Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars о‘tishga aytiladi. Biologik 
    ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xо‘jaligida ishlab 
    chiqarish obyektlarida va boshqa joylarda (botanika bog‘i, zoovistavka, 
    muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) о‘tkaziladigan о‘quv 
    xarakteridagi mashg‘ulotdir. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda 
    botanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida о‘tkaziladigan 
    biologik ekskursiyalar dastur materialini о‘rganish va mustahkamlashga 
    bag‘ishlanadi. Ular maktab dasturida kо‘rsatilgan va о‘quvchilar uchun 
    majburiydir. 
    Tirik tabiat obyektlarini va hodisalarini bevosita bilish, tabiiy 
    sharoitda о‘rganish imkoniyatini beradi. О‘quvchilar о‘rganilayotgan 
    о‘simlik va hayvonni ularning yashash sharoitida kо‘radilar. Organizm 
    tuzilishi va hayot faoliyatining yashash muhitiga moslashuvchanligini 
    yaqqol payqab oladilar. О‘quvchilarning bilimini kengaytiradi va 
    mustahkamlaydi. О‘quvchilar о‘simliklar va hayvonlarni tabiiy muhitda 
    о‘simliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, о‘simliklarga bog‘liq holda 
    kо‘radilar va о‘quvchilarning tabiatni о‘rganishda bо‘lgan qiziqishlarini 
    kuchaytiradi. Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, tajriba stansiyalari, 
    mevazor, kо‘chatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar 
    о‘quvchilarda ishlab chiqarishning turli sohalariga nisbatan zо‘r qiziqish 
    uyg‘otadi. Biologik ekskursiya jarayonida о‘quvchilar biologik 
    bilimlarning amalda qanday qо‘llanilayotganligini bilib oladilar. Bunday 
    ekskursiyalar о‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy ta’sir 
    kо‘rsatadi. 


    137 
    Quyidagi ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati. 
    Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir: 
    1.О‘quvchilarda ongli intizom; 
    2.О‘rtoqlik va dо‘stlik; 
    3.Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi. 
    4.Ekskursiyalar о‘qituvchini о‘kuvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga 
    о‘z о‘quvchilarini yaxshiroq bilib olish, (sinf sharoitida namoyon 
    bо‘lmagan о‘kuvchi xususiyatlarini aniqlash) imkoniyatini beradi.
    5.О‘quvchilarda tetik va sog‘lom tuyg‘ularni vujudga keltiradi bu 
    esa о‘rganilayotgan о‘quv materialining oson va puxta о‘zlashtirib 
    olishini ta’minlaydi. 
    6. Ekskursiyalarda о‘quvchilar estetik xarakterdagi tuyg‘ularni his 
    qiladilar. 
    7.Tabiat gо‘zalligini bevosita his qilish shu tabiatga, vatanga 
    nisbatan muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
    Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari 
    mashg‘ulotlarda foydalanish uchun har xil tabiiy materiallar: о‘simlik 
    va hayvonlar, ularning ayrim qismlari (urug‘, ildiz, barg, ildizmeva, 
    ildizpoya, tugunak, poya, mollyuska chig‘anoqlari, qush patlari, hayvon 
    suyaklari) yig‘iladi. О‘quvchilar tirik va tabiiy obyektlarni yig‘ish va 
    rasmiylashtirish (gerbariylashtirish, kolleksiyalash, preparatlashtirish) 
    kо‘nikmalarini hosil qilib boradilar.

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    joriy etish chora tadbirlari to’g’risida. PQ-3931-sonli qaror 2018

    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish