140
1.Ekskursiya davomida о‘quvchilarning
maxsus daftar yuritishlari
zarur. Ular daftarga о‘zlari olib borgan kuzatish natijalarini о‘rganilgan
va yig‘ilgan о‘simlik yoki hayvonning nomlari, xarakterli belgilari va
xususiyatlari, qanday sharoitda uchragani,
hamda boshqa tafsilotlarni
yozib boradilar.
2.Ekskursiya obyektlarini о‘rganish oxirida mashg‘ulotga dastlabki
yakun yasaladi, bunda о‘rganilgan о‘quv
materiali qisqacha
takrorlanadi,
mustaqil
ish
bо‘yicha topshiriqlarning qanday
bajarilganligi tо‘g‘risida zveno (gruppa)
boshliqlarining axborotlari
tinglanadi, о‘kuvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy tomonlar qayd
qilinadi.
3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda
о‘quvchilar mavzuga bevosita aloqador bо‘lmagan xilma-xil savollar
berishlari mumkin. Bunday xollarda qanday yо‘l tutish kerak? Agar har
qanday savollarga tо‘liq javob beriladigan bо‘lsa,
asosiy mavzudan
chekinishga tо‘g‘ri keladi. Javob qisqa va aniq bо‘lsin.
4.Ekskursiyadan
qaytish
unga
borish
tartibida
bо‘ladi;
ekskursiyaning yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bо‘lmog‘i
lozim. О‘qituvchi ekskursiyaning tamom bо‘lganligi tо‘g‘risida e’lon
qiladi. Eng yaxshisi, ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin
tugallangani ma’qul.
5.Ekskursiyadan yig‘ib kelingan materiallar ularni kelgusida
о‘rganish uchun tartibga solinadi.