141
A) Dars vaqtida mahalliy material sifatida foydalaniladi;
B) Tо‘garak ishlari uchun yaxshi material bо‘ladi;
V) Biologiya kabinetini boyitishda ishlatiladi;
G) Foto kо‘rgazma tashkil etishda foydalaniladi;
D) о‘kuvchilar о‘rtasida ma’ruza qilish uchun foydalaniladi.
Yuqoridagi qayd qilingan ma’lumotlarga asoslanib,
quyidagi
xulosaga kelish mumkin.
1.Ekskursiya davomida о‘quvchilar о‘simliklar olamining turli-
tumanligini, ular о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishlarni chuqurroq idrok
etadilar.
2.Tabiatni ilmiy nuqtai nazardan tushunishga imkon beradi.
3.Bundan
tashqari, tabiiy landshaftlar bilan tanishish jarayonida
tabiat gо‘zalliklaridan voqif bо‘lish orqali о‘quvchilar talaygina estetik
tarbiya oladi,
turli xil daraxt, buta, о‘t о‘simlik urug‘larining
respublikamizda qishlovchi qushlarga ozuqa bо‘lishidan xabardor
bо‘ladilar.
4.Ekskursiya paytida о‘quvchilar tabiat biotsenozlarining bir
butunligi tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘ladilar. О‘simlik
bilan tuproq,
suv, harorat о‘rtasidagi bog‘lanishdan xabar topadilar, shu yо‘l bilan
ozuqa zanjirlari haqida dastlabki bilimga ega bо‘ladilar.
5.О‘simlik va hayvonlar bilan о‘kuvchilarning
tabiiy sharoitda
tanishi, ularning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari,
biologiya о‘quv predmetini о‘rganishga bо‘lgan havasini orttiradi.