145
amaliyotga qо‘llash, kasbga yо‘llash, tajriba va kuzatishlar о‘tkazish,
mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish,
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu mashg‘ulotlarda о‘quvchilarning mustaqil о‘qishlari uchun
sog‘lom turmush tarzi, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, sport
va jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta’siri
haqidagi ilmiy-
ommabop nashrlar, “Sihat-salomatlik”, “Fan va turmush” va boshqa
jurnal sahifalarida chop etilgan maqolalar, odam organizmining tuzilishi
bо‘yicha tayyorlangan multimedia, inson salomatligi ensiklopediyalarini
о‘rganish tavsiya etiladi.
О‘quvchilarning о‘z
salomatliklarini asrash, sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish maqsadida muayyan mavzularda kuzatishlar
о‘tkazish tavsiya etiladi.
Jumladan, о‘quvchilarga “Sport va jismoniy
mashqlarning odam organlar sistemasiga ta’sirini о‘rganish” bо‘yicha
kuzatish о‘tkazish tavsiya etiladi. Kuzatish natijalarini ushbu jadvalga
yozish va xulosa chiqarish zarurligi uqtiriladi.
Sport va jismoniy mashqlarning
odam organlar sistemasiga
ta’sirini о‘rganish.
14-jadval