Tirik tabiat burchagining о‘simliklari




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Tirik tabiat burchagining о‘simliklari 
Tirik tabiat burchagida butun о‘quv yili Davomida quyidagi 
о‘simliklar saqlanadi. 


157 
 Xona о‘simliklari. 
 Yovvoyi о‘t urug‘li va sporali о‘simliklar. 
 Vegetativ usulda kо‘payadigan madaniy va yovvoyi о‘simliklar. 
 Daraxt va butalarning shoxlari. 
Xona о‘simliklari tirik burchakning asosiy qismini tashkil etadi. 
Burchakdagi о‘simliklarga birgina emas, balki bir necha tajribalar 
qо‘yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma’qul. Besh-о‘nta 
shunday о‘simliklar kо‘p joy egallamagan holda botanika va umumiy 
biologiya kurslaridan mashg‘ulotlarini material bilan ta’minlaydi. 
Bularga quyidagi xona о‘simliklari: kaktus geran, tradeskansiya, 
begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi.
Xona 
о‘simliklaridan 
turli 
xil 
tajribalarda 
foydalanish 
mumkinligini quyidagi misolda ishonch hosil qilish mumkin. 
Tradeskansiya о‘simligini quyidagi maqsadda: changdon ipchalari va 
chang 
donachalaridan 
preparat 
tayyorlash; 
sitoplazmaning 
harakatlanishi; qо‘shimcha ildizlarni paydo bо‘lishi; qalamchalarning 
tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik о‘simliklarining suv 
о‘simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin.
Tirik burchakda biologik xususiyatlarini о‘rganish uzoq vaqt 
diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qо‘yishni talab 
qiluvchi yovvoyi о‘simliklar ham bо‘lishi zarur. Bunday о‘simliklarni 
ekskursiya vaqtida tuprog‘i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga 
о‘tqaziladi. 
Tirik burchakdagi har bir о‘simlikning yorug‘likka, issiqlikka va 
namlikka 
bо‘lgan 
munosabatini 
hisobga 
olgan 
holda 
joylashtiriladi.Sо‘ngra ekologik guruhlar tashkil qiladilar va ularni tirik 
burchakda muayyan sistemada taqsimlaydilar. 
Masalan:
 Quruqlikda о‘sadigan о‘simliklar kserofitlarga kaktus, aloe, agava. 
 Nam joyda о‘sadigan gigrofitlarga – tradeskansiya, begoniya, 
qirqquloq, qirqbо‘g‘in, yо‘sin. 
 Namligi о‘rtacha bо‘lgan joyda о‘sadigan о‘simliklar fikus, limon, 
yovvoyi о‘simliklar yertut, primula.


158 
 Tirik burchakdagi о‘simliklarni geografik guruhlarga taqsimlash 
mumkin. 
 Tropik о‘simliklar: kaktus, agava, aloe, begoniya tradeskansiya, 
fikus. 
 Subtropik о‘simliklar: limon, apelsin, tolgul. 
 Mо‘tadil mintaqa о‘simliklari: primula, pechakgul. 
 Mahalliy о‘simliklar: yovvoyi va madaniylari. 
Tajriba uchun ekilgan о‘simliklarni alohida joyga qо‘yilishi kerak. 
Ekologik jihatdan yaqin bо‘lgan bir nechta о‘simliklar bir-biriga yaqin 
ekiladi. Natijada chо‘l, tropik о‘rmon kabi “biogeotsenozlar” tashkil 
etiladi. Tirik burchakdagi har bir о‘simlikda nomi yozilgan etiketka va 
qisqacha xarakteristikali pasporti bо‘lishi kerak. ¡simlik ta’riflangan, har 
bir 
о‘simlik tо‘g‘risida tavsiya etilgan kitoblarni kо‘rsatgan 
pasportlardan tirik burchakdagi о‘simliklar kartotekasi tuziladi. 
Kartoteka о‘simlikni parvarish qiluvchilarga hamda u bilan tanishishni 
hoxlovchilarga tushunarli bo’lishi kerak. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tirik tabiat burchagining о‘simliklari

Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish