161
akvarium yoki bankalarga joylashtiriladi. Buning uchun banka ostiga bir
oz tuproq, 2 sm qalinlikda torf qum solinadi.
Tirik tabiat burchagida har –xil
hayvonlarni saqlash uchun
akvarium, terrarium, volera va qafaslar zarur. suv havzalarida yashovchi
hayvonlar ustida kuzatish olib borish uchun maktabda akvariumlar va
tiniq shishali bankalar bо‘lishi zarur. Terrariumlarni suvda ham quruqda
ham yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni
ekologiyasini hisobga olgan
holda saqlash uchun о‘rnatiladi.
Qushlar va sut emizuvchilarni saqlash uchun har-xil kattalikdagi
qafaslar bо‘lishi kerak.
Shunday qilib tirik tabiat burchagining tarkibi va undagi ishlarning
mazmuni barcha biologik kurslar bо‘yicha ta’lim –
tarbiya ehtiyojlari
bilan belgilanadi.