Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar 
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar uchun akvarium, terraium, 
kataklar qо‘yish uchun joy ajratilishi kerak. Akvarium baliqlar, 
shoxilonlar, suv qо‘ng‘izlari, triton, ayrim baqalar, gidra va dafnayalarni 
saqlash va boqish uchun eng qulaydir. 
Akvarium suv havzasining sun’iy biogeotsenozi ya’ni chuchuk suv 
havzasini modeli hisoblanadi. Unda suv hayvonlari hayotining suv 
о‘simliklari elodeya valisneriya, odest, shoxbarg va boshqalar bilan 
bog‘liqligi kо‘rsatiladi. Tirik burchakda zoologiyadan kо‘rgazmali va 
amaliy metodlar bilan о‘rganiladigan hayvonlar bо‘lishi zarur. 
Sodda hayvonlardan tufelkaning kulturasi, dars va darsdan tashqari 
ishlar uchun doim tirik burchakda bо‘lishi kerak, buning uchun bir oz 
somon yoki pomidorning quritilgan bargi bо‘lishi kerak.
Sentyabr oylaridan boshlab akvariumda gidra, akam-tukam va 
boshqa chig‘anoqli shilliqurtlarni tayyorlab qо‘yiladi. Maxsus 
yashiklarda yomg‘ir chuvalchangini saqlash mumkin. Yashik navbat 
bilan qatlam – qatlam qilib tо‘kilgan barglar, poliz tuprog‘i bilan 
tо‘ldiriladi va unga 50 tacha chuvalchang joylashtiriladi. Uni salqin 


159 
joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham quruqlikda 
yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi. 
Terrarium о‘tloq, chо‘l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik 
hosil qilish uchun temir yoki plastmassa vannacha qо‘yiladi. Olmaxon, 
tо‘ti va boshqa sayroqi qushlar maxsus kataklarda boqiladi.
Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada har-xil hayvonlarni, 
masalan: akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham quruqlikda 
yashovchilarni, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni 
boqish mumkin. Maktabning о‘quv tajriba uchastkasida tovuq, nutriya, 
norka, quyon kabi hayvonlarni boqish tavsiya etiladi. 
Agar tirik tabiat burchak uchun ajratilgan xona kichik bо‘lsa yoki 
torlik qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni saqlash 
mumkin. Dars vaqtida о‘quvchilarning fikrlarini bо‘lmaydigan boshqa 
obyektlarni bevosita biologiya xonasiga joylashtirish mumkin. Turli 
tovush, qо‘lansa hid chiqaradigan hayvonlar alohida kichik xonada 
saqlanadi.
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlarning kо‘plari ustida zoologiya, 
odam va uning salomatligi, umumiy biologiya bо‘yicha zarur tajribalar 
qо‘yilishi mumkin. Masalan; “moddalar almashinuvi” mavzusiga oid V 
va S avitaminozlar hosil qilish bо‘yicha, quyonlarning og‘irligi oziq 
sifatining ta’siri, tuproq rangining baqa tanasining rangiga ta’sirini, it 
baliqdagi metamorfozni о‘rganish mumkin.
Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu 
yerda yosh tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini 
yozadilar, hayvonlar uchun oziq tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar 
va ta’mirlaydilar. Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi 
yozilgan etiketkasi, parvarishlash qoidasi va oziqlantirish normasi 
hamda tajriba о‘tkazayotgangan о‘quvchining familiyasi kо‘rsatilgan 
bо‘lishi kerak.
Hayvonlar burchakda tip va sinflar bо‘yicha guruhlarga ajratiladi, 
lekin guruhlashtirish yashash muhiti bо‘yicha va ularning tegishli 
о‘simlik bilan birga bо‘lishi mumkin. 
Sinfning yoki tirik burchakning birorta derazasida о‘simliklarning 
“tirik sistema”sini tasvirlab kо‘rsatish mumkin, bu V, VI, X, XI – sinflar 


160 
uchun foydalidir. Buning uchun xona va yovvoyi о‘simliklardan 
foydalaniladi, ular derazalarga bir avlodning turlari, bir oilaning 
avlodlari shu kabilar tartibida joylashtiriladi. Hayvonlar sistemasini tirik 
obyektlarni tulumlari bilan, ba’zi xollarda rasmlar bilan birga kо‘rsatish 
mumkin. Bu о‘quvchilar uchun kо‘rgazmali quroldir. 
Maktab tirik tabiat burchagida alohida sinflar uchun, qandaydir 
qismlarni ajratish pedagogik maqsadga muvofiq emas. Unda о‘quvchilar 
jamoatchilik, о‘simlik va hayvonlar dunyosining tabiiy birligini tushunib 
olish ruhida tarbiyalansinlar. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish