• 2.Biologiya xonasiga qо‘yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari
  • 3.Estetik talablar
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    1.Pedagogik talablar: 
    О‘quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar 
    darsda о‘rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, о‘quvchilarning 
    obyektlarning tuzilishini tо‘liq tasavvur etishlariga yо‘naltirilishi 
    bilimlarni yodda saqlash va amaliyotda qо‘llashga yordam berishi, 
    biologik ta’lim jarayonida kо‘rgazmaviylik prinsipini amalga oshirish
    shuningdek ilg‘or pedagogik va axborot texnikalarini qо‘llash orqali 
    о‘quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta о‘zalshtirishlari uchun, 
    о‘kuv va amaliy kо‘nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga 
    tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim. 
    2.Biologiya xonasiga qо‘yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari: 
    Xonadagi о‘quv jihozlarining barchasi ta’limning texnikaviy 
    vositalari va mehnat gigiyenasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga 
    javob berishi lozim. О‘quv xonasida texnik vositalari (asboblar)ni 
    ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi (eslatmalar) bо‘lishi 
    kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga tо‘liq rioya qilish 
    baxtsiz hodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning ishonchli 
    garovidir. 
    3.Estetik talablar: 
    Xonaga qо‘yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari 
    va umumiy kо‘rinishi gо‘zalllik qonuniyatlariga javob berishi, 
    о‘quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi о‘quvchida ham, о‘qituvchida 
    ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak.
    Xonadagi kо‘rgazmali manbalar: 
    Optik asboblar – biologiya darslarida kо‘proq optik asboblar, ya’ni 
    mikroskop va lupadan foydalaniladi. Ular kо‘zimizga kо‘rinmaydigan 
    hayvonot va о‘simliklar organizmning anatomik – morfologik, 
    shuningdek, 
    mikroorganizmlarning 
    tuzilishini 
    о‘rganish uchun 
    foydalaniladi.


    155 
    Biologiya darslarida foydalaniladigan kо‘rgazmali qurollar tabiiy 
    va tasviriy qurollarga bо‘linadi.
    Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, 
    gerbariy tablitsalari va amaliy ishlar uchun quritilgan о‘simlik uning 
    organlaridan 
    tayyorlangan 
    tarqatma 
    materiallar 
    kiradi; 
    zoologiyadan – hasharotlar kolleksiyalari va umurtqasiz hayvonlar 
    tiplarining fiksatsiya qilingan vakillari, hayvonlarning rivojlanishini 
    kо‘rsatuvchi xо‘l preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa 
    vakillarining tulup (chuchela) va skeletlari, tarqatma material – 
    hayvonlarning ayrim qismlari, baliqlarning suyaklari, tangachalari, 
    qushlarning patlari va boshqalar; odam anatomiyasi, fiziologiyasi va 
    gigiyenasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari mikropreparatlar va 
    boshqalar kiradi.Tasviriy kо‘rgazmali qurollar: har bir kurs bо‘yicha 
    tablitsalar va rasmlar; odam anatomiyasi, fiziologiya va gigiyenasi kursi 
    uchun qismlarga ajratiladigan odam gavdasi va mulyaji va ayrim 
    organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi uchun maymun kalla 
    suyaklari va miyasining mulyajlari diapozitivlar va mikropreparatlar 
    kiradi. Jadvallar – о‘quv jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat berilishi 
    lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay. 
    Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish 
    kuzatishlar о‘tkazishda, jadvallar, video filmlar, diapozitlarni о‘z vaqtida 
    namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish 
    hamda yig‘ib olishga moslashgan bо‘lishi kerak.

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish