O’zbekiston Respublikasi Xalq




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Ma’naviy-axloqiy tarbiya. Insonning ma’naviyati uning ongida 
aks etgan barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa 
umuminsoniy va millatning milliy qadriyatlari asosida jamiyatda qabul 
qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-atvor me’yorlari 
o’quv qo’llanmasi sanaladi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda 
ma’naviy-axloqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni isloh qilish 
yо‘nalishlaridan biri “Milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy 
intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi 
asosida ta’limning barcha darajalari va bо‘g‘inlarida ta’lim 


173 
oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” deb 
belgilangan. Ushbu vazifalarni biologiyani о‘qitish jarayonida hal etish 
uchun о‘qituvchi darsda umumiy osoyishtalik, shaxsning rivojlanishi 
uchun qulay psixologik muhit, о‘quvchilarda ongli intizomni vujudga 
keltirishi, tahsil olishdagi burch va mas’uliyatni tarkib toptirishi lozim. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri tabiatni 
о‘rganish jarayonida о‘quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan 
e’tiborli munosabatda bо‘lish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab 
foydalanish, topshirilgan vazifalarni tо‘la-tо‘kis, sifatli bajarish, 
rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va mas’uliyatni tarkib toptirish
insonning 
qadr-qimmatini 
hurmat 
qilishga 
о‘rgatish sanaladi. 
О‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda о‘quv faoliyatini 
rag‘batlantirish va asoslash, ijobiy hatti-harakatlarni qо‘llab-quvvatlash, 
salbiy holatlarni muhokama qilish, о‘qituvchining shaxsiy namunasi va 
ijobiy hatti-harakatlarni kо‘rgazmali kо‘rsatish muhim rol о‘ynaydi.
О‘quvchilarning organik olam va uning obyektlarini о‘rganishda, 
о‘simliklar, hayvonlarning rivojlanishi, ularning xilma-xilligi, hayotini 
saqlab qolish va kо‘paytirish uchun qayg‘urishi, g‘amxо‘rlik qilishi, 
yordam berishi haqidagi ilmiy bilimlar, muayyan kо‘nikma va 
malakalarni tarkib toptirishga e’tiborini qaratishi zarur. Tabiat, inson va 
jamiyat о‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishda, Yerda hayotni 
saqlab qolishda biologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati, 
insonning tabiatga nisbatan insonparvarlashtirilgan munosabatining roli 
kо‘rsatib о‘tiladi.

Download 1,48 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish