O’zbekiston Respublikasi Xalq




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

MASALALARI 
О‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat 
siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash 
bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali barkamol shaxs 
– fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. 
Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida о‘qitiladigan 
barcha о‘quv fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. 
Barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli 
hal etilishi avvalo, о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni 
talab etadi. 
Tabiat tо‘g‘risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan – biologiya 
zimmasiga о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha 
mas’uliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya о‘quv 
fanining mazmuni о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda 
katta imkoniyatlarga ega.
Biologiyani о‘qitishda avvalo, о‘quvchilarni biologiyaning asosiy 
g‘oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq 
xо‘jaligining turli tarmoqlarida tutgan о‘rni, biologik bilimlarni 
о‘zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu 
orqali о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning 
tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy 
bog‘langan holda ta’lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. 
Mazkur tizim о‘zida о‘quvchilar tomonidan fan asoslarini 
mustahkam о‘zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni 
shakllantirish, 
о‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy, 
vatanparvarlik,
ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal 
tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi. 
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. О‘quvchilarning biologiya 
о‘quv fanini о‘rganishi biologik obyektlarning tuzilishi, rivojlanishi va 
hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar 


168 
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e’tiqodlari sistemasini tashkil 
etadi. О‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni 
“Tabiat-inson-jamiyat” munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai 
nazaridan tushunishga asoslanadi.
“Ilmiy 
dunyoqarash” 
tushunchasiga 
biologiya 
о‘qitish 
metodikasining turli manbalarida turlicha yondashilgan. Jumladan, 
B.YE.Raykov ilmiy dunyoqarash tushunchasini “Dunyo haqidagi 
bilimlar o’quv qo’llanmasi”, V.V. Vsesvyatskiy “Tabiatga nisbatan 
tо‘g‘ri qarashlar o’quv qo’llanmasi”, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskaya 
“Insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi xulq-
atvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi” deb ta’rif 
berganlar.
Pedagogik ensiklopediyada “ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, 
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, estetik ideallar va e’tiqodlar 
yig‘indisi, insonning moddiy borliq haqidagi qarashlari o’quv 
qo’llanmasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga 
о‘z munosabatini namoyon etadi” deb ta’rif berilgan. 
Ushbu ta’rif asosida biologiya о‘qitish metodikasi ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirishda 
ahamiyatga 
molik 
bо‘lgan 
tushunchalarni aniqlash, mazkur tushunchalarni shakllantirish uchun 
zarur bо‘ladigan shart-sharoitlarni va asosiy bosqichlarni, biologiyani 
о‘rganish natijasida vujudga keladigan qarashlar va e’tiqodlar tizimiga 
tavsif berishi, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishdagi 
о‘rnini kо‘rsatishi lozim. 
Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos 
bо‘ladigan tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
 Jonsiz va jonli tabiatning kimyoviy tarkibidagi о‘xshashliklar, yuz 
beradigan hodisalarning umumiyligi va uzviyligi; 
 Tirik organizmlarda sodir bо‘ladigan hayotiy jarayonlar va 
о‘zgaruvchanliklarni tushunishda, muammoli о‘quv topshiriqlarini 
hal etishda biologik qonunlar bilan bir qatorda, fizik-kimyoviy 
qonunlardan foydalanish orqali fanlararo bog‘lanishni amalga 
oshirish; 


169 
 Moddiy borliqdagi hodisa va voqealarni о‘rganishning zarurati, 
ekologik fojialarning sabablari va ularni bartaraf etish tadbirlari; 
 Inson tomonidan tabiat qonunlarini о‘rganish va undan samarali va 
oqilona foydalanish yо‘llari; 
 Tabiiy hodisalarning о‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishida sabab-
oqibat bog‘lanishlar; 
 Inson – ijtimoiy mavjudot; 
 Tabiatni muhofaza qilish – bu sayyoramizda hayotni asrashning 
asosi;
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida botanika, zoologiya, odam va 
uning salomatligi о‘quv kurslari mazmun jihatdan faktlarga boy bо‘lishi 
bilan bir qatorda, har bir mavzuda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
rivojlantirish imkonini beradi. 
Botanika о‘quv fani dasturidan о‘rin olgan “О‘simlik-yaxlit 
organizm” mavzusini о‘rganishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirishga asos bо‘ladigan bilimlar umumlashtiriladi, tabiatni 
muhofaza qilishga doir kо‘nikmalarni amaliyotga qо‘llash imkoniyati 
tug‘iladi. Mazkur biologik bilimlar muayyan darajada о‘quvchilarning 
atrof-muhitga bо‘lgan munosabati, hatti-harakatini belgilaydi. Shu 
sababli о‘qituvchi ushbu mavzuni о‘rganishda jiddiy tayyorgarlik 
kо‘rishi, о‘quvchilarning e’tiborini mazkur bilimlarga tayanib, tabiiy 
boyliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini anglagan holda 
ularni asrash lozimligi haqida xulosa chiqarishiga yо‘naltirishi lozim. 
Mavzuni о‘rganish jarayonida о‘simlikning barcha organlari о‘zaro 
bog‘liqligi, organizm bilan atrof-muhit о‘rtasida uzviylik mavjudligi 
yoritiladi. Mazkur bilimlar о‘quvchilarning о‘simlikning yaxlit 
organizm ekanligi, biologik jarayonlarning borishida organlarning 
ishtiroki, 
biologik 
hodisalarning 
sodir 
bо‘lishida 
sabab-oqibat 
bog‘lanishlarini anglashga yordam beradi. О‘qituvchi о‘quvchilar 
faoliyatini о‘simlik organizmining tuzilishi va funksiyasi, kо‘payish 
usullari, 
yashash 
muhitiga 
moslashishi 
haqidagi 
bilimlarini 
umumlashtirish, ilmiy dunyoqarashga oid xulosalar chiqarishga 
yо‘llaydi. О‘quvchilarning о‘simliklarning hujayraviy tuzilishi haqidagi 
bilimlarini umumlashtirish maqsadida hujayra, tо‘qima, organ, organlar 


170 
sistemasi va organizm о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va quyidagi 
jadvalni tо‘ldirish tavsiya etadi. 
О‘quvchilar darslik, kо‘rgazmali vositalar va tarqatma materiallar 
yordamida mustaqil ishlab, hujayra, tо‘qima, organ, organlar sistemasi 
va organizm о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlab, muayyan xulosaga 
keladilar. 
О‘quvchilarning о‘simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarning 
mohiyatini anglashlari, jumladan, fotosintez jarayonida о‘simlik 
organlarining bajaradigan vazifalarini aniqlash uchun quyidagi jadvalni 
tо‘ldirish tavsiya etiladi. 
16-jadval 
О‘simlik 
organlari 
Fotosintez 
jarayonidagi vazifasi 
Organik moddalar 
harakati va 
sarfidagi ulushi 
О‘zaro bog‘liqlik 
Ildiz 
Poya 
Barg 
Gul 
Meva 
Dars yakunida о‘simlik organlarida sodir bо‘ladigan hayotiy 
jarayonlar, ularga ta’sir kо‘rsatuvchi tashqi muhit omillari qayd etilib, 
bilimlar umumlashtiriladi va о‘simlik – yaxlit organizm ekanligi haqida 
xulosa chiqariladi. 
Shuningdek, “Odam va uning salomatligi” о‘quv fanidagi “Oliy 
nerv faoliyati” bobida shartsiz va shartli reflekslar, tormozlanish, nutq 
va fikrlash haqida tushuncha berishda dialektik materializmning 
materiyaning birlamchi, ong ikkilamchi qonuniga asoslanishi lozim, 
ya’ni har qanday tasavvur tashqi muhit ta’sirida vujudga kelishi, tashqi 
muhit taassurotlar manbai ekanligi qayd etiladi. 
“Umumiy biologiya” о‘quv fanida moddiy olamning yaxlitligi va 
birligi, о‘simliklar, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, prokariot va 
eukariot organizmlarning о‘xshashligi va farqlari, ularda boradigan 
hayotiy jarayonlar haqida tushuncha berib, tirik organizmlarning xilma-
xilligi, tabiiy guruhlarda birgalikda yashashga moslashganligi, ularga 


171 
ta’sir kо‘rsatadigan ekologik omillar tushuntiriladi va hayotning 
molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, tur, biogeotsenoz va biosfera 
darajalari mavjudligi qayd etiladi. 
Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan 
barcha bilimlar DTSda qayd etilgan “Organizm-biologik sistema”, 
“Ekologik sistemalar”, “Organik olam evolyutsiyasi” yо‘nalishlari 
bо‘yicha umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqariladi. 
Biologiya о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur: 
О‘qituvchilar tomonidan о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirishda ahamiyatga molik biologik g‘oya, nazariya va 
tushunchalarni chuqur ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tushunishi. 
О‘qitish 
jarayoni 
(mavzu, 
о‘quvchilarning 
о‘quv-bilish 
faoliyati)ning har bir bosqichida о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirishda tutgan о‘rnini tahlil qilish va aniqlash. 
Biologiya о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos 
bо‘ladigan tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy 
hodisalarning sabablarini aniqlash va dalillashda, о‘quv muammolarini 
hal etishda boshqa о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlariga 
asoslanishi, ya’ni nafaqat tabiiy-matematik, balki ijtimoiy-gumanitar 
о‘quv fanlari bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish. 
Biologik qonuniyat, xulosa va umumlashmalarni biologiyaning 
ilmiy-tadqiqot metodlari yordamida olingan natijalar, faktlar yordamida 
asoslash va dalillash. 
О‘quvchilarning tirik tabiatning umumiy qonuniyatlarini 
о‘rganishning muhimligi, asosiy g‘oya va tushunchalarning 
rivojlanishini 
anglash 
va 
tushunishga 
yо‘naltirish 
asosida 
о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish. Bunda о‘quvchilarning 
ijodiy va mustaqil ishlari, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, 
nazariy mazmunga ega о‘quv topshiriqlarini tayyorlash lozim. 
О‘quvchilar tomonidan ilmiy dunyoqarash masalalariga bog‘liq 
tushunchalarni о‘zlashtirish darajasi va sifati, о‘zlashtirilgan bilimlarni 
о‘quv va amaliy faoliyatga qо‘llashni muntazam ravishda aniqlash, 


172 
olingan natijalarga muvofiq о‘qitish jarayonining mazmuni va borishiga 
tegishli о‘zgartirishlar kiritishi lozim. 
Turli hayotiy vaziyatlarda о‘quvchilarning nuqtai nazari, 
e’tiqodining mustaqilligi, hatti-harakati va xulq-atvorining tо‘g‘riligini 
dalillovchi xususiyatlarga ega bо‘lgan umumiy biologik tushunchalarni 
о‘quv va amaliy faoliyatga qо‘llash ehtiyojini rivojlantirish zarur. 
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda о‘quvchilar tafakkurining 
rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya о‘quv fanlarining 
mazmuni dialektik-materialistik nuqtai nazardan yoritilishi, о‘quvchilar 
tomonidan organik olam va unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni 
tushunibgina qolmasdan, balki tirik organizmlarda boradigan hayotiy 
jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga ta’sir kо‘rsatadigan 
omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va xilma-
xilligining sabablarini anglaydilar. Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi 
о‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritishiga, taqqoslash, umumlashtirish va 
xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydigan о‘quv topshiriqlarini 
tayyorlashi 
lozim. 
О‘qitishning bu shaklda tashkil etilishi 
о‘quvchilarning faktlar, hodisalarning о‘zaro bog‘liqligi ustida 
mulohaza yuritishiga yordam beradi. Mulohaza yuritish о‘quvchilarning 
о‘quv materialini ongli va puxta о‘zlashtirishiga imkon yaratadi. 
О‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish ularda mustaqil va ijodiy 
fikrlashni tarkib toptirishga bog‘liq bо‘ladi. Bu masalalar “Biologiyani 
о‘qitishda о‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish” 
mavzusida batafsil yoritilgan. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish