175
Sayyoramizda ekologik muammolar
va tanglik yuz berayotgan
jarayonda о‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati
kelib chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi
sanalib, shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat
shaklida namoyon bо‘ladigan, hayotning va tabiatning bebaho
ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik
kо‘rsatish kabi sifatlarni о‘z ichiga oladi.
Ushbu madaniyat albatta о‘quvchilarning ekologik ta’lim va
tarbiyasi asosida vujudga keladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning
asosiy
vazifasi о‘quvchilarda tabiatga nisbatan burch va mas’uliyat, ongli
munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-axloq me’yorlariga mos
xulq-atvorni shakllantirish sanaladi.
О‘qituvchi har bir darsda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va
ekskursiyalarda о‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish
bо‘yicha rejali va muntazam ish olib borishi zarur.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda ekologik masalalar keng qamrovli
bо‘lib, hamma о‘quv fanlarida mujassamlashgan. Ushbu о‘quv
materiallari о‘quvchilarning tabiatdagi uyg‘unlik, unda sodir bо‘ladigan
hodisalar, о‘zgarishlar, ular о‘rtasidagi
uzviylik va mazkur uzviylikni,
о‘zaro bog‘lanishlarni buzib yuborish osonligini tushunishga imkon
beradi. Masalan, qishloq xо‘jaligi dalalarida zaharli pestitsid va
gerbitsidlardan foydalanish, kо‘zlangan natijaga olib kelishi mumkin,
lekin bu jarayonda dorivor о‘simliklar va foydali hasharotlar ham nobud
bо‘ladi. Ularni yegan qushlar ham qirilib ketadi. Natijada shu arealdagi
oziq
zanjiri buzilib ketishi, о‘simliklar qoplami ham muayyan darajada
о‘zgarishlarga uchrashi tayin.
О‘qituvchi biologiya о‘quv fanini о‘qitish orqali ekologik
tushunchalar: organizm va muhitning о‘zaro bog‘liqligi, tabiiy jamoalar-
ning almashinuvi, biogeotsenozlar, ekologik sistemalarning о‘zgarishi,
biosfera, insonning ekologik omil ekanligi va boshqalar. O‘quvchilar
tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari, kо‘nikma va malakalarni
egallashiga erishishi lozim.
176
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni
tarkib toptirishda quyidagi
vazifalar amalga oshirilishi lozim:
О‘quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning
о‘zaro aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni о‘zlashtirish, tabiatga
nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga asos bо‘ladigan ekologik
bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashga erishish;
Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma’nodagi ahamiyatini
tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish;
Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning
tozaligini asrash, kо‘kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni kо‘paytirish
uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol
ishtirok etish motivlarini shakllantirish.
Ekologik
ta’lim-tarbiyani
amalga
oshirishda
quyidagi
kо‘rsatmalarga amal qilish zarur:
Tabiat va atrof muhitni о‘rganish va о‘zlashtirish insonning bilish
va amaliy faoliyati birligi asosida tashkil etiladi. Shu sababli о‘qituvchi
biologiyani о‘qitishda tabiatning
har bir tarkibiy qismi, shu jumladan,
о‘simliklar, hayvonlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari о‘rganilganda
о‘quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga, mazkur bilimlarni
amaliyotga tatbiqi haqida ham ma’lumot berishi, har bir organizmga
tashqi muhitning kо‘rsatadigan ta’siri, organizmlarning yashash
muhitiga moslashishini
tushuntirilishi;
Insonning jonsiz va jonli tabiatga, о‘simliklar olami va hayvonot
dunyosiga kо‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’sirini yoritish asosida, tabiat,
inson va jamiyat munosabatlari tushuntirilishi, fan sohalari bо‘yicha
tо‘plangan ilmiy bilimlar integratsiyasi va fanlararo bog‘lanishlar
amalga oshirilishi;
Sayyoramizda vujudga kelgan
lokal va global ekologik
muammolarni hal etishda dunyo hamjamiyati, davlat va nodavlat
tashkilotlarining faoliyati, ya’ni ushbu ekologik muammolarning hal
etilishida davlatlararo umumiy aloqadorlik masalalari haqida ma’lumot
berilishi;
177
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol
shaxsni kamolga yetkazish borasida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy
ishlarning asosiy tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur.