150
tayyorlashi, ekologiyaga oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va
maqollar tо‘plashi, ular asosida kecha ssenariysini tayyorlashi lozim.
“О‘zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qо‘shgan
hissalari”, “О‘zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani
yutuqlari va kelajagi” mavzulardagi mavzuli kechalarga ilmiy-tadqiqot
institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi, fan
rivojiga hissa qо‘shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi,
kechani о‘tkazish rejasini tuzishi va ma’ruzalar mavzusini tanlashi
lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog‘liq holda olimlarning chop
etgan ilmiy ishlari, о‘quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning kо‘rgazmasi,
mustaqillik davrida qо‘lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks
ettirilgan devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot
faoliyati va fan rivojiga qо‘shgan hissalari haqida ma’ruzalar
tayyorlanishiga e’tiborni qaratishi zarur.
Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar biologiyani
о‘qitish samaradorligini oshirish, о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi,
fikr yuritish doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va
muloqot
madaniyati, о‘quv va amaliy
mehnat kо‘nimalarini
rivojlantirish, о‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini
singdirish, ularni Vatan va mustaqillik prinsiplariga sadoqat, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, biologiya о‘qitishning samaradorligi dars,
darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni uzviy ravishda, ular
о‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni e’tiborga olgan holda tashkil
etilishiga bog‘liq bо‘ladi.