• Statik yondashuvda
  • O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja




    Download 121,89 Kb.
    bet26/29
    Sana17.05.2024
    Hajmi121,89 Kb.
    #240136
    TuriReferat
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiya

    Huquq normalarini sharhlash – bu huquq normalarining mazmuni, maqsadi va mohiyatini aniqlash va tushuntirishga yo’naltirilgan (qaratilgan) faoliyat.
    Sharhlashning boshqa turlaridan farqli ravishda huquq normalarini sharhlash maxsus faoliyat bo’lib, u quyidagi bir qator jihatlar bilan tavsiflanadi:

    • birinchidan, mazkur faoliyat natijasida har qanday yozma manbalarning emas, balki huquqiy hujjatlarning, ya’ni huquq normalarining mazmun mohiyati sharhlanadi;

    • ikkinchidan, huquq normalarini sharhlash o’z oldiga huquqiy ko’rsatmalarni tadbiq etishni maqsad qilib qo’ygan holda huquqiy tartibga solishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqadi;

    • uchinchidan, qonunda belgilangan hollarda mazkur faoliyat vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi;

    • to’rtinchidan, sharhlash natijalari, agar ularga majburiylik tusi beriladigan bo’lsa, maxsus huquqiy (sharhlash) hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yiladi.

    Yuridik adabiyotlarda sharhlashga ikki xilda: statik va dinamik yondashuv farqlanadi. Statik yondashuvda sharhlovchi subyekt huquqning barqarorligini saqlashga harakat qiladi, dinamik yondashuvda esa sharhlovchi subyekt huquqning mazmunini yoritishda uni ko’proq hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga intiladi.
    Huquqiy normalarni sharhlash masalasi quyidagi uchta muhim jihatni o’z ichiga oladi:

    1. Tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchi subyektlarni aniqlash (bular—davlat hokimiyatining oily va mahalliy vakillik organlari, Prezident; ijro etuvchi organlar: Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman, shahar hokimlari; turli vazirliklar va davlat qo’mitalari; sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar—sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar idoralari va boshqlar; jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar);

    2. tatbiq qilinadigan huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun mantiqiy, grammatik, tarixiy, sistematik hamda boshqa usullar qo’llaniladi;

    3. tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo’yicha va yuridik kuchiga qarab sharhlash.






    Download 121,89 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 121,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja

    Download 121,89 Kb.