|
REFERAT
Mavzu: Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari
|
bet | 27/29 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 121,89 Kb. | | #240136 | Turi | Referat |
Bog'liq O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyaREFERAT
Mavzu: Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari
Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________
DAVLAT TUSHUNCHASI, BELGILARI, MOHIYATI VA TIPLARI
Reja:
1. Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari.
2. Davlatning mohiyati
3. Davlat tipologiyasi
Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari
«Davlat nima?» degan savol davlat va huquq nazariyasining eng asosiy masalalaridan biridir. Huquqiy adabiyotlarda bu savolga javob berishda yagona nuqtai nazar yо`q. Chunonchi, sovet huquqshunosligida davlatning mohiyati sinfiy nuqtai-nazardan cheklanmagan hokimiyat, hukmron sinf diktaturasi ma`nosida talqin qilinar edi.
G`arbiy huquqiy nazariyalarda esa, davlat butun jamiyat manfaatlarini ifoda etadigan sinfiy, ijtimoiy ziddiyatlarni murosaga keltiradigan sinflar ustidagi tuzilma, qurol deb ta`riflanadi.
Albatta, davlat tushunchasiga u yoki bu yondashuvni dabdurustdan inkor etish tо`g`ri emas. Davlatga berilgan har qanday ta`rifni diqqat bilan о`rganish kerak. Bunda asosiy e`tiborni davlatning mohiyati nimadan iboratligiga qaratish lozim. Shu bois, mohiyat mazkur hodisadagi bosh, belgilovchi, asosiy jihatdir, ya`ni bu hodisani tashkil etadigan ichki о`ziga xos xususiyatlari yig`indisi bо`lib, ularsiz har qanday hodisa о`ziga xoslikdan mahrum bо`ladi. Davlat mohiyatining asosiy jihati hokimiyat va uning kimga tegishliligi masalasidir.
Davlat kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bо`ladi. Ushbu bosqichda ilgari mavjud bо`lgan ijtimoiy maxsulotni teng taqsimlash tizimi natija bermay qо`yadi, jamiyatning yanada rivojlanishi uchun boshqarish bilan shug`ullanadigan Sharq jamiyatlaridagidek siyosiy yoki Yevropa mamlakatlaridagidek siyosiy va iqtisodiy sohalardagi nufuzli (elita) qatlamining ajralib chiqishi zarurati tug`iladi. Bu esa, о`z navbatida, jamiyatning tabaqalarga bо`linishiga olib keladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumida hokimiyat jamiyatning barcha a`zolariga taalluqli edi. Keyingi bosqichda esa hokimiyat siyosiy ma`no kasb eta boshlaydi, ya`ni u, eng avvatto, imtiyezli ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlari uchun xizmat qila boshlaydi. Binobarin, davlatning kelib chiqishi hamisha ijtimoiy hokimiyatning ommaviy siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog`liq. Bu, hokimiyatning ijtimoiy jamoa tuzumidan farqli о`laroq, eng avvalo, jamiyatning imtiyozli qismi va sinfiy manfaatlarga xizmat qilishini bildiradi. Bunday holatda sinfiy yondashuv mazkur hokimiyatni tavsiflash, bunday Davlatning mohiyatini ta`riflashga imkon yaratadi.
Davlat hokimiyatining tabiati har doim bir xil bо`lmaydi. Chunonchi, k.adimgi Afina va Rimdagi sinfiy lik hech qanday shubha tug`dirmaydi. Mazkur davlatlarda hokimiyat quldorlar sinfiga xizmat qilgan, quldorlar esa asosiy ishlab chiqarish vositalari (yer)ning, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (qullar)ning ham egalari bо`lganlar. Qullar davlat hokimiyatini amalga oshirishda k.atnashish u yokda tursin barcha huquqlardan ham mahrum edil ar.
О`rta asr jamiyatida ham hokimiyat feodallar — katta yer egalari qо`lida bо`lgan. Dehqonlar hokimiyatni boshqarishda qatnashishdan va qariyb barcha yuridik huquqdardan mahrum edilar. Ular tuda yoki qisman feodallar mulki maqomida bо`lgan. Demak, quldorlik va feodal jamiyatlarida oshkora ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatining sinfiylik mohiyati yaqqol namoyon bо`ladi.
Burjua jamiyatida qonun oldida barcha rasman teng bо`lib, tenglik prinsipi davlatlar konstitusiyalarida mustahkamlab qо`yilgan. Ammo ilk burjua jamiyatida qonunlar mulkiy, ma`lumotga oid va shu kabi senzlarni ham belgilagan va ushbu qonunlar mulki oz bо`lgan fuqarolarning saylov huquqlarini cheklab qо`ygan. Shu bilan hokimiyat iqtisodiy jihatdan boy guruhlarga xizmat qilgan.
Huquqshunoslik fanida davlatga turli ta`riflar beriladi. Davlat —muayyan hududni ishg`ol etgan va yagona hokimiyatga uyushgan xalqdir; davlat — insonlarning yashash qoidasi shakli, kishilar о`rtasidagi psixologik aloqa (psixologiya maktabi); davlat — absolyut ruhning mujassami (Gegel); davlat — organiq hodisa, voqelik, jonli organizm (G. Spenser va boshqalar).
Davlat jamiyatga, mamlakatga va xalqka aloqador. U jamiyatdan, mamlakatdan, xalqdan tashqari yashamaydi. Davlatga ta`rif berishda uning turlari va shaklini e`tiborga olish zarur. Davlat bir necha ming yillardan beri rivojlanib, о`zgarib kelgan. Shunga qaramay, turli turdagi va shakldagi davlatlar qandaydir umumiy belgilarini saqlab qolgan. Bu hol hamma davlatlarga xos bо`lgan eng asosiy belgilarni aks ettiruvchi umumiy ta`rifga imkon beradi.
Xо`sh, davlatningqsanday belgilari bor?
Davlat — siyosiy tashkilot. Lekin insoniyat jamiyati tarixida boshqa tashkilotlar ham bо`lgan va hozir ham bor. Masalan, ishlab chiqarishni tashkil etish, siyosiy partiya, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari shular jumlasidandir.
Suveren bо`lmagan, qaram davlat tom ma`nodagi davlat emas. Shuning uchun suverenitet davlatning eng muhim belgilaridan biridir. Davlat belgilaridan uning nomi, bayrog`i, gerbini farq qila bilish lozim. Har bir davlat о`z nomini о`zi tanlaydi, о`z gerbi va bayrog`ini belgilab, ularga о`ziga ma`qul bо`lgan siyosiy va g`oyaviy mazmun beradi.
Yuksak uyushqoqlik, e`tiqod, ommani tarbiyalash, yangi jamiyat qurish yо`lidagi ijodiy, yaratuvchilik ishi davlatning о`ziga xos belgisidir. Davlat zо`rlik ishlatishdan voz kechmaydi, lekin zо`rlik davlatning asosiy mazmuni emas.
|
| |