REFERAT Mavzu: FUQAROLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI, BELGILARI, TARKIBIY ELEMENTLARI




Download 181,09 Kb.
bet11/29
Sana13.05.2024
Hajmi181,09 Kb.
#229804
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
REFERAT
Mavzu: FUQAROLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI, BELGILARI, TARKIBIY ELEMENTLARI

Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________

FUQAROLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI, BELGILARI, TARKIBIY ELEMENTLARI
Reja:
1. Fuqarolik jamiyati hamda huquqiy davlatning mohiyati va mazmuni.
2. Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va funksiyalari.
3. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning shakllanish va rivojlanish istiqbollari.

Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga demokratiq huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi. Chunki inson huquq va erkinliklarini ta’minlamasdan turib mamlakatda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratib bo‘lmaydi.


O‘tgan XX asrda dunyoning ikki qutbida hukm surgan mafkuralarning o‘zaro kurashi insoniyat uchun rivojlanishning qanday usul va uslublarini tanlashni, munosib hayot kechirish uchun qanday boshqaruv tartibida yashash afzalroq ekanligini ko‘rsatdi. Bugun G‘arb jamiyatida shakllangan va tobora takomillashib borayotgan boshqaruv tartiblari hamda jamiyatning tuzilishi o‘zining bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Boroq shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun dunyoning turli mamlakatlarida turlicha jamiyat va davlat boshqaruvi shakllari qaror topganki, hech qaysi davlatning boshqaruv tartibotini yoki biror-bir mamlakatdagi jamiyat tuzilishini boshqalaridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos hususiyati, davlatchilik an’analari, o‘zining huquq manbalari va maktablari mavjud
Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo‘q. Prezident Islom Ka¬rimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bulmaganideq bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q, deganida haklidir. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdeq O‘zbekiston demokratiq fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’na¬viy merosimiz ildizlariga, milliy hususiyatlarimiz va boy an’ana-larimizga tayanish yo‘lini tutdi.
O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, demokratik o‘zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo‘lgan darajada va sur’atlarda amalga oshirish tomon yo‘l tutildi.
Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun, avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim, deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga kel¬tirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga — jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fuqarolik jamiyati ku¬rishga intilmokda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqda topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshkarish organlari rivojlanib boradi.
O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an’analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda. Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta’minlanmoqda.
Eng muhim masalalardan yana biri – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga keng yo‘l ochib berilganligidir. Sobiq ittifoq davrida boshqaruvning bir markazda to‘planganligi va partiyaning yakka hukmronligi fuqarolaning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyatini cheklar edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq fuqarolarning jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarda keng ishtirok etishini ta’minlash chora-tadbirlarining ko‘rilganligi o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xalqimizda azaldan kengash va mashvarat bilan ish ko‘rilganligi odilona qaror qabul qilish imkonini va eng muhimi xalq, raiyat hukmdorlarning va viloyat noiblarining xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida mamlakatda adolat qaror topishiga zamin xozirlagan. Bugungi kunda ham jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarning umuxalq muxokamasi (referendum)ga qo‘yilishi xalqimizning tarixiy tajribasining maxsulidir.
So‘nggi yillarda respublikamizda sud-huquq tizimining isloh qilinayotganligi mustaqillik yillarida erishilgan eng katta yutuq bo‘ldi. Chunki bu soxani isloh qilmasdan turib mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilib va ta’minlab bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarda har bir fuqaroning sudga erkin shukoyat qila olishi mazkur mamlakatlarda qonunlarning amal qilishini va qonunlar bilan bevosita xalqning o‘zi tanish bo‘lib borishini ta’minlamoqda. Shu bois ham mazkur sohaning isloh qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan masala ekanligi ayon bo‘ldi. Isloh qilinib, tobora shakllanib borayotgan sud tizimimiz o‘zining bir qator ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Avvallari sudni jazolovchi organ deb qaragan xalqimiz endilikda sudni jazolovchi organ emas, balki o‘z huquqlarini himoya qiladigan organ deb tushunadi.
Yana bir muhim masala – bu ommaviy axborot vositalarining erkinlashtirilishi va ularning faoliyati qonun bilan kafolatlanishidir. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi Qonun bu soxaning huquqiy asoslarini yaratdi. Huquqiy-demokratik davlatlarda ommaviy-axborot vositalarining roli nihoyatda baland. Jamiyatda yuz berayotgan xodisalarni asl holda, haqqoniy tarzda jamoatchilikka yetkazib berish ijtimoiy adolat prinsiplarining to‘la amlga oshishini ta’minlaydi. Bugun respublikamizda fuqarolarning erkin fikr bildirish va matbuot erkinligi qonun bilan kafolatlangan.
Yuqoridagilarning barchasi respublikamizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat, siyosiy hokimiyat jamiyat va uning a’zolari ustidan hukmron bo‘lgan mamlakatda emas, balki davlatga nisbatan shubhasiz ustunlikka ega bo‘lgan tom ma’nodagi demokratik jamiyatda shaxs real erkin bo‘ladi. Bunday jamiyatga o‘tish tarixan uzoq jarayon bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bog‘liq.
Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining o‘zi nima? Demokratizm, inson shaxsiga hurmat, uning huquq va erkinliklari kafolatlangan tuzumda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy munosabatlarga rivojlanish imkonini beradigan ichki mexanizmlar qanday?
Bu savolga javob berish uchun, avvalambor, «fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikkina emas, jiddiy farqlar ham mavjudligiga e’tibor berish kerak. Jamiyat odamlar o‘rta-sidagi munosabatlar majmui sifatida o‘z rivojlanishining ma’lum yetuk bosqichida va ma’lum sharoitlardagina fuqarolik jamiyatiga aylanadi.
— «Jamiyat» iborasi falsafiy-ijtimoiy ma’noda olib qaralganda, makon va zamonda mavjud bo‘lgan, turmush tarzi hamda manfaatlari mushtarak bo‘lgan insonlarning o‘zaro aloqador birligidir.
— «Jamiyat odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi... Mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘z davrida ilg‘or qarashlarni ilgari surib, jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatdi»1.
— Jamiyat insonlarning umumiy manfaatlari hamda ehtiyojlari birligi asosida, ularni qondirish maqsadidagi birikuvi va kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir. «Jamiyat» bilan «fuqarolik jamiyati» kabi ijtimoiy kategoriyalar o‘rtasidagi muhim farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— mazkur har ikki murakkab sistema, avvalo, o‘z mohiyati va tuzilmaviy tarkibi bilan ajralib turadi. An’anaviy ma’nodagi jamiyat o‘z tarkibiga barcha ustqurma hodisalari bilan birga davlatni ham qamrab oladi. Fuqarolik jamiyatining tarkibiga, uning institutsiyaviy elementlari qatoriga davlat kirmaydi. Siyosiy davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘zaro qarama-qarshi, lekin birga faoliyat yurituvchi,amal qiluvchi dialektik juftlikdir;
— an’anaviy jamiyat muayyan mamlakatda, ya’ni bir makon va zamonda hayot kechiruvchi barcha aholini qamrab oladi. Fuqarolik jamiyati esa insonlarning xususiy hayot sohasidagi mulkiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy, axloqiy va boshqa manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi institutlarni (uyushmalar, ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari) va mexanizm-larni qamrab oladi;
— fuqarolik jamiyati insonlar birligi taraqqiyotining alohida ma’rifiy darajasini, benazir sifat holatini ifodalashi bilan an’anaviy jamiyatdan farq qiladi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyati insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy hokimiyat oldida, davlat apparati qarshisida muhofaza etuvchi o‘ziga xos fenomen, tegishli mexanizm (majmua) sifatida maydonga chiqadi;
— fuqarolik jamiyati yuksak insoniy qiyofaga ega bo‘lgan jamiyat yoki ma’rifiy darajada uyg‘un hayot kechiruvchi insonlar jamiyatidir.1
Fuqarolik jamiyati o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi tartibga solishning rivojlangan shakllariga, omma (davlat va jamiyat) va shaxs manfaatlarini maqbul tarzda uyg‘unlash-tirishga, bunda shaxs manfaatlarining ustuvor ahamiyatiga, inson huquq va erkinliklarini jamiyatning oliy qadriyati deb e’tirof etishga asoslangan yangi sifat holatini aks ettiradi.
«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi ilk bor Qadimgi Gretsiya va Rimda vujudga kelgan hamda XVII—XVIII asrlarda J. Lokk, J.J.Russo, Sh.L.Moteskye, G.F.Gegel singari buyuk faylasuf-larning asarlarida rivojlantirilgan.



Download 181,09 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Download 181,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



REFERAT Mavzu: FUQAROLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI, BELGILARI, TARKIBIY ELEMENTLARI

Download 181,09 Kb.