|
-modda. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi jamoatchilik nazorati
|
bet | 12/14 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 436,28 Kb. | | #106156 |
Bog'liq O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA25-modda. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi jamoatchilik nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi jamoatchilik nazoratini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
Davlat organlari va tashkilotlari jamoatchilik nazorati o‘tkazilishiga ko‘maklashishi shart.
Jamoatchilik nazorati natijalari ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26-modda. Ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar]
Ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlar amalga oshirilishida olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |