|
-bob. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi monitoring, baholash, davlat va jamoatchilik nazorati
|
bet | 11/14 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 436,28 Kb. | | #106156 |
Bog'liq O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA5-bob. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi monitoring, baholash, davlat va jamoatchilik nazorati
23-modda. Ijtimoiy xizmatlar monitoringi va ularni baholash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ijtimoiy xizmatlar monitoringi davlat boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlangan hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa organlar va tashkilotlar faoliyati samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar asosida axborot yig‘ishning doimiy va tizimli jarayonidan iboratdir.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Ijtimoiy xizmatlar monitoringi natijasida olingan ochiq ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy xizmatlarni baholash ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, samaradorligi va bexatarligini ijtimoiy xizmatlarning standartlari asosida tahlil qilishdan iboratdir.
Ijtimoiy xizmatlar monitoringini va ularni baholashni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari amalga oshiradi.
(23-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |