|
-modda. Ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlari
|
bet | 7/14 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 436,28 Kb. | | #106156 |
Bog'liq O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA14-modda. Ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari va shakllari]
Ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlari quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
ishga joylashishda ko‘maklashish;
homiylik va vasiylikni belgilashda, farzandlikka olishda, yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilada tarbiyalashga (patronat), bolalar internati muassasalariga qabul qilishda ko‘maklashish;
bolalar internati muassasalari tarbiyalanuvchisini oilaga qabul qilishga ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni tayyorlash;
uy-joy-maishiy jihatdan joylashishda va moddiy yordam olishda ko‘maklashish;
protez-ortopediya buyumlarini va reabilitatsiya texnik vositalarini olishda ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlari qonunchilikka muvofiq boshqa turlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
Uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
maishiy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini, gigiyena tovarlarini, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni xarid qilish hamda uyga yetkazib berish;
(15-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
ovqat tayyorlashda, xonalarni yig‘ishtirish-tozalashda, shaxsiy gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishida ko‘maklashish, tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar qonunchilikka muvofiq boshqa turlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |