-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi ishtiroki




Download 436,28 Kb.
bet5/14
Sana27.11.2023
Hajmi436,28 Kb.
#106156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA

11-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi ishtiroki
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]

Nodavlat notijorat tashkilotlari:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlashi va ularning hisobini yuritishi;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishi yoki ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishiga ko‘maklashishi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmalarini, subsidiyalarini, grantlarini olishi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari, korporativ xaridlar va boshqa xaridlar bo‘yicha tenderlarda (tanlovlarda) va birja savdolarida ishtirok etishi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun davlat tomonidan moliyalashtirishning boshqa shakllarini olishi;
(11-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sohasida boshqa ishlarni bajarish yoki loyihalarni amalga oshirish uchun shartnomalar tuzishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 436,28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 436,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi ishtiroki

Download 436,28 Kb.