• 17-modda. Internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar [OKOZ
  • -modda. Kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar




    Download 436,28 Kb.
    bet8/14
    Sana27.11.2023
    Hajmi436,28 Kb.
    #106156
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA

    16-modda. Kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar
    [OKOZ:

    1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]

    Kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
    ijtimoiy xizmatlar oluvchilarga o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va mo‘ljal olish, muomala qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish ko‘nikmalarini, o‘qish yoki mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatish, shu jumladan reabilitatsiya texnik vositalaridan foydalanishni o‘rgatish;
    oila a’zolariga yoki boshqa qonuniy vakillariga sog‘lig‘ining holatida buzilishlar mavjud bo‘lgan, nogiron shaxslarni parvarishlash, ular bilan muomalada bo‘lish ko‘nikmalarini va uy sharoitida ularni reabilitatsiya qilish asoslarini o‘rgatish;
    ota-onalarga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga bolalarni, shu jumladan oilaga tarbiyaga qabul qilinadigan (patronat) yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, farzandlikka olinadigan bolalarni parvarishlash va tarbiyalash ko‘nikmalarini o‘rgatish;
    ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar uchun psixologik va ijtimoiy-pedagogik maslahatlar berish.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar qonunchilikka muvofiq boshqa turlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
    (16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    17-modda. Internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar
    [OKOZ:

    1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]

    Internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
    muntazam ravishda parvarishlashni ta’minlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, mebeli, ashyo-anjomlari, ko‘rpa-yostig‘i bo‘lgan qulay xona berish, kiyim-bosh va poyabzal, boshqa eng zarur buyumlar bilan ta’minlash, yoshi va sog‘lig‘ining holatini inobatga olgan holda ovqatlanishni tashkil etish;
    birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, dispanser ko‘rigidan o‘tkazish, zarur bo‘lgan hollarda statsionarda davolanish uchun yuborish, tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
    maxsus psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
    qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun bo‘sh vaqtni, klub va to‘garaklar ishini tashkil etish;
    shaxslarning internat muassasalaridan chiqishi va ularning mustaqil hayot kechirishi yoki oilada yashashi uchun sharoitlar yaratish.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar qonunchilikka muvofiq boshqa turlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
    (17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 436,28 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 436,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar

    Download 436,28 Kb.