|
-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari
|
bet | 4/14 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 436,28 Kb. | | #106156 |
Bog'liq O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar monitoringi yuritilishini ta’minlaydi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilini o‘tkazadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat boshqaruvining hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadlar uchun markazlashtirilgan holda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
boshqa organlar va tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning hisobini yuritadi;
boshqa organlar va tashkilotlarni, homiylarni, boshqa shaxslarni va resurslarni ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslar qabulini amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi, tegishli axborotni va zarur ma’lumotnomalarni taqdim etadi;
fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi faoliyatini ta’minlaydi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |