|
-bob. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar
|
bet | 3/14 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 436,28 Kb. | | #106156 |
Bog'liq O‘RQ-415 26.12.2016-KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA2-bob. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar
7-modda. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani boshqarish]
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi.
8-modda. Davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani boshqarish]
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqadi;
ijtimoiy xizmatlar monitoringi yuritilishini ta’minlaydi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi;
aholini ijtimoiy xizmatlar va bunday xizmatlar ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilini o‘tkazadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
ijtimoiy xizmatlar sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishini, mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi o‘ziga qarashli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |