3-modda. Ijtimoiy xizmatlarning asosiy prinsiplari
Ijtimoiy xizmatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlariga rioya etish;
insonparvarlik;
erkin foydalanish;
profilaktik yo‘naltirilganlik;
aniq yo‘naltirilganlik va individual yondashuv;
ixtiyoriylik.
4-modda. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va hisobga olish hamda ularga ushbu xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish;
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash, ularning qulay muhitda bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini ta’minlash;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
5-modda. Ijtimoiy xizmatlar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‘lgan imkoniyatlarini yaratishga va (yoki) o‘zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmuidir.
6-modda. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang);
3.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
Qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslar, shu jumladan:
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 96-moddasining ikkinchi qismi.
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
Oldingi tahrirga qarang.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir.
|