(2-q.)
Soliq hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda
tuziladi.
(3-q.)
Soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladigan
soliqlar boʻyicha taqdim etiladi.
(4-q.)
Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq
toʻlovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchining soliq hisoboti uning tanloviga koʻra
soliq organlari tomonidan
tuzilishi mumkin. Bunda soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
(1-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan
shaklda qogʻoz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi
lozim boʻlgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim boʻlgan
hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
(3-q.)
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi
tadbirkorlar soliq
hisobotini oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar boʻyicha elektron
hujjat tarzida taqdim etadi.
(4-q.)
Yirik soliq toʻlovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq
toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
(5-q.)
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari qoidalari davlat sirlari jumlasiga
kiritilgan axborotni taqdim etishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(6-q.)
Soliq hisoboti blankalari soliq organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.
(7-q.)
Soliq hisoboti ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchi tomonidan
soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi yoxud pochta joʻnatmasi
tarzida
joylanmalar roʻyxati bilan yuborilishi mumkin.
(8-q.)
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq hisobotini soliq toʻlovchi nomidan soliq
toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishga haqli.
(9-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan soliq
hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
(10-q.)
Soliq hisoboti qogʻozda olingan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchining iltimosiga
koʻra, soliq hisobotining koʻchirma nusxasiga uning qabul qilib olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyishi
va u olingan sanani koʻrsatishi shart.
(11-q.)
Soliq hisoboti, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.
(12-q.)
Soliq toʻlovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida koʻrsatilgan
maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlab, unga imzo qoʻyadi.
(13-q.)
Agar soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini soliq
toʻlovchining vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi. Bunda
soliq hisobotiga ushbu vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning
koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
(14-q.)
Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga boʻlgan
vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali
elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
(15-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan
muddatlarda taqdim
etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(16-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga
muvofiq soliq hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va
boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.